Sug‘orish texnikasi elementlarini hisoblash



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#109513
  1   2
3 laboratoriya


SUG‘ORISH TEXNIKASI ELEMENTLARINI HISOBLASH

Qishloq xo‘jalik ekinlarni egatlab sug‘orishda sug‘orish sifati egatga beriladigan suvning miqdori, egat uzunligi, egat chuqurligi, egatning kengligi, dalaning nishablik darajasi va suvchining mahoratdan kelib chiqib aniqlanadi.


Egatlab sug’orishda tuproqning namlanish dinamikasi muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi va namlikning harakati quyidagi rasmda ko‘rsatilganicha kechadi(15-rasm).
Dehqonchilik amaliyotida tuproq satxinidan sug‘orish usuli (egatlab, pol olib bostirib) juda keng tarqalgan bo‘lib, muhim aha-miyatga egadir. Sug‘oriladigan dalaning o‘lchami sug‘orish tizimi-ning joylashishi va dalaning tekisligiga bog‘liq bo‘ladi. Joyning nishabligiga ko‘ra muvaqat sug‘orish tarmoqlari ko‘ndalang yoki bo‘ylama sxemalarda joylashtiriladi. Shunga ko‘ra daladagi o‘q ariqlar, muvaqat tarmoqlar, ular orasidagi masofalar va suv sarfi xar xil bo‘ladi.


8 rasm.Egatlab sug’orishda tuproqda namlikning harakati:
a-еngil mеxanik tarkibli tuproqlarda; б-o‘rtacha mеxanik tarkibli tuproqlarda; в-og’ir mеxanik tarkibli tuproqlarda.
Egatlab sug‘orish texnikasi elementlariga egatning uzunligi, egatdagi suvning miqdori, egatni jihozlash, qator orasining kengligi, egat chuqurligi kabi ko‘rsatgichlar kiradi. Sug‘orish texnikasi ele-mentlarning noto‘g‘ri tanlanishi tuproqning ortiqcha nam bilan ta’minlanishini yoki yetarli darajada nam bilan ta’minlanmasligiga, o‘g‘itlarning yuvilib ketishi va oqova sarfining ko‘payishiga olib keladi. Shuningdek, suvdan foydalanish koeffisenti va suvchining ish unumdorligi kamayib ketadi. Shu sababdan sug‘orish texnikasi elementlarini to‘g‘ri tanlash masalasiga alohida etibor qaratmog‘i zarur.
Egatga oqizilayotgan suv miqdori tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nishablik, qator orasi kengligi va egat uzunligiga qarab 0,1 dan to 2,5 /s ga qadar bo‘ladi. Egatlarga suv oqizish uchun o‘q ariq yoki muvaqqat ariqdagi suv sathi sug‘oriladigan dala yuzasidan 5-10 sm baland bo‘lishi kerak. Egatlarga suv tarash qog‘oz, egi-luvchan shlanglar, chim, sifon-naylar yordamiga amalga oshiriladi (9-rasm).
Har bir egatga suv taqsimlash miqdori, qator orasining kengligi, egat uzunligi kabi sug‘orish texnikasi elementlari dalaning nishabligi va tuproqning suv o‘tkazuvchanligidan kelib chiqib (N.T.Laktaev tavsiyalari) tanlanadi (12-jadval.)



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə