|
![](/i/favi32.png) Sug’urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni hamda sug’urta bozorini takomillashtirish chora
|
səhifə | 7/8 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 288,92 Kb. | | #137594 |
|
Sug’urta polislarini sotishda foydalaniladigan tarqatish kanallari orqali sotilgan umumiy sug’urta faoliyati bo’yicha sug’urta mukofotlar haqida rasmiy statistik ma'lumotlar yo'q. Quyida (6-jadval) so'nggi uch yil davomida sug’urta polislarining tarqatish kanallarini ulushi keltirib o’tilgan.
jadval: Sug’urta polislarining tarqatish kanallari
Tarmoq
|
2019
|
2020
|
2021
|
Agent (%)
|
60
|
60
|
60
|
To'g'ridan-to'g'ri (%)
|
36
|
34
|
32
|
Internet (%)
|
3
|
5
|
7
|
Broker (%)
|
1
|
1
|
1
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
Manba: Axco global sug'urta statistikasi ma'lumotlari
Taqdim etilgan ushbu jadval to'g'ridan-to'g'ri kanallar sug'urtalovchilarning o'z savdo bo'limlari va filial xodimlarini qamrab oladi. Agentlar jismoniy yoki yuridik shaxslar bo'lishi mumkin, masalan, sayohat agentliklari yoki boshqa sug'urta kompaniyalari. 6-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kuzatilgan davr mobaynida sug’urta kompaniyalari agentlar va to’g’ridan-to’g’ri sotuvlar kanalidan barqaror foydalaniladi. Onlayn sug'urta savdosi o'sib bormoqda. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5265-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab barcha sug‘urta polislarini onlayn xarid qilish mumkin.
Sug'urta brokerlari ham ommalashib bormoqda. Hozirda mamlakatda oltiga yaqin brokerlik kompaniyasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: |
|
|