Sun’iy neyron to’rlarining negizi Xopfild va Ximmingning neyron to’rlari haqida tushuncha Sun'iy neyron tarmoqlari uchun amaliy dasturlar


Sun’iy neyron to’rlarining negizi



Yüklə 206,72 Kb.
səhifə2/6
tarix28.03.2023
ölçüsü206,72 Kb.
#103331
1   2   3   4   5   6
SUNIY NEYRON

Sun’iy neyron to’rlarining negizi


Sun’iy neyron to’rlarining rivojlanishida biologiyaning o’rni katta. Izlanuvchilar mavjud tarmoq konfigurasiyasi va algaritmiga mos terminlarni qo’llagan holda aqliy faoliyat tashkilotini tasvirlashadi. Lekin ehtimol shu o’xshashlik bilan tugaydi. Bizni miyaning ishlashi haqidagi bilimlarimiz biroz chegaralangan, oriyentirlab unga taqlid qilganlar kam topilgan. Shuning uchun to’rni ishlab chiquvchilar kerakli funksiyani bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan tuzilishni qidirishda zamonaviy biologik bilimlar doirasidan chiqishga majbur bo’lishadi[1,2,3,4,5].
Ishni neyronning prototiplarini ko’rib chiqishdan boshlaymiz. Neyron biologik sistemasining nerv xujayrasi hisoblanadi. U tana va uni tashqi muhit bilan bog’lovchi shohlardan tashkil topgan. (Rasm 1.1).

Rasm 1.1 Biologik neyron
Qo’zg’alishni qabul qiluvchi neyron shoxlari dendrit deb nomlanadi. Qo’zg’alishga javob beruvchi neyrondagi shoxlar akson deb ataladi. Har bir neyronda bitta akson mavjud. Dendrit va aksonlar juda murakkab shoxlangan tuzulishga yega. Neyron aksonlari – qo’zg’olish manbai bilan dendrit orasidagi bog’lanish joyi sinaps deb nomlanadi. Neyronning asosiy funksiyasi qo’zg’alishni Dendritni aksonga uzatishdan iborat. Lekin turli dendritlardan qabul qilingan signallar, akson signallariga turli xil ta’sir ko’rsatishi mumkin. Agar qo’zg’alishning yig’indisi ba’zi umumiy xolatlar doirasida o’zgaruvchi bo’sag’aviy mohiyatga olib kelsa, neyron signalni uzatadi. Bunga zid xolatlarda aksonga signal uzatilmaydi: neyron qo’zg’alishga javob bermaydi. Bu asosiy sxemada qiyinchilik va cheklanishlar ko’p, shuningdek ko’pchilik sun’iy neyron to’rlarini shu oddiy xossalar modellashtiradi.

Bir qatlamli sun’iy neyron to’ri


Sun’iy neyron. Sun’iy neyron birinchi yaqinlashishda biologik neyron xossalarini imitasiya qiladi. Har bir sun’iy neyronga boshqa neyronlar chiqishi bo’lgan qandaydir signallar to’plami kiradi. Har bir kiruvchi signal sinaptik kuchga mos vaznga ko’paytiriladi va ularning yig’indisi neyronning aktivlik darajasini aniqlaydi. Har bir signal o’ziga mos keluvchi w1, w2,..., wn vaznlarga ko’paytiriladi va Σ bilan belgilangan yig’uvchi blokka kelib tushadi. Har bir vazn bitta biologik sinapsis «kuchiga» mos keladi. Vaznlar to’plami W vektori orqali belgilanadi. Biologik yelement tanasiga mos keluvchi yig’uvchi blok, mos vaznlariga ko’paytirilgan kiruvchi qiymatlarni algebraik tarzda yig’adi va neyron chiqishini shakllantiradi. Bu miqdor NET bilan belgilanadi. Yuqoridagi fikrlar vektor ko’rinishda quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
NET = XW.

Rasm 1.2 Sun’iy neyron



Yüklə 206,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə