T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda operatsion xarajatlar hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Data

9.3. Banklarda operatsion xarajatlar hisobi
Tijorat banklar o ’z operatsion xarajatlarini bank Boshqaruvi tomonidan bir yil
uchun tasdiqlangan va xabar berilgan smeta doirasida amalga oshiradilar.
Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo’yicha mablag’lami bank rahbari
tasarruf etadi. Bank rahbari bank bo’yicha buyruq chiqarib, smeta xarajatlarini
tasarruf etish huquqini o ’z o ’rinbosariga ishonib topshirishga haqlidir. Bank
Boshqaruvi raisi ham buyruq chiqarib smeta bo’yicha xarajatlami tasarruf etish
huquqini o’zining birinchi o’rinbosariga berishi mumkin. Biroq, smeta bo’yicha
xarajatlami tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berib qo’yish bilan bank
Boshqaruv raisini uning smeta intizomi ahvoli uchun qonunda belgilangan shaxsiy
javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Bankning
operatsion
xarajatlari
uchun
ajratilgan
smeta
doirasida
moliyalashtirish hisobot yilining 31 dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda
qilingan barcha xarajatlar 31 dekabrgacha o’tkazilishi lozim.
Bankning operatsion
xarajatlari
hisobi
bank tomonidan
"O’zbekiston
Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi"da
belgilangan tartibda aks ettiriladi. Bank operatsion xarajatlari bo’yicha hujjatlami
rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan xodim bu xarajatlar bo’yicha hujjatlami
buxgalteriya o’tkazmalari uchun qabul qilayotganda quyidagilarni tekshiradi:
a) puli to ’lanayotgan hujjatda kreditlami tasarruf etuvchining ruxsat imzosi bor-


yo’qligi;
b) puli to’lanayotgan hujjatdagi xususiy summalar va yakunlar to’g’riligi;
v) hujjat to’g ’ri rasmiylashtirilgani va xususan, ko’rsatilgan xizmatlar uchun
tuzilgan to ’lov hujjatlariga bankning tegishli mansabdor shaxslari bajarilgan ishlar va
ko’rsatilgan xizmatlar qabul qilinganini tasdiqlab qo’ygan imzolaming bor-yo’qligi;
g) sotib olingan moddiy qimmatliklar uchun yozilgan to’lov hujjatlarda bu
qimmatliklami ular but saqlanishi uchun javobgar shaxslar qabul qilib olganligi
to ’g ’risidagi tilxatlaming bor-yo’qligi;
d) hujjat puli hisoboti topshiriladigan summalardan to ’langan hollarda pul
olingani to’g’risida hujjatga imzo chekilgani.
Agar hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshirilsa, u holda memorial
order tuziladi. Memorial va kassa orderlari bank ichki hisobvaraqlari bo’yicha hisob
yuritadigan buxgalter hamda bosh buxgalter yoki uning o’rinbosari tomonidan
imzolanadi. Kelajakdagi hisobot davriga tegishli bo’lgan xarajatlar tegishli hisobot
davri davomida amortizatsiya qilinishi lozim. Bunday xarajatlarga yil oxirida ta'tilga
ketayotgan xodimlarga to ’langan ish haqi, xususan kelasi yilga taalluqli to ’lovlar,
davriy nashrga obuna bo’lish bo’yicha, kelgusi yillar smetalari hisobidan o ’mi
qoplanishi kerak bo’lgan ijaraga olingan binolami kapital ta'mirlash xarajatlari
summasi, binoni ijarasi uchun oldindan to ’lov, oldindan sug’urta badali, oldindan
auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar, faoliyat ko’rsatish bilan bog’iq tashkiliy
xarajatlar va boshqa soliq to’lovlari misol bo’lishi mumkin.
Avtotransportdan foydalanish va uni joriy ta'mirlash xarajatlari, foydalanilgan
yonilg’i qiymati hisobi "Transportni saqlash va shahar bo’ylab yurish" nomli alohida
shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. Bundan tashqari, mazkur shaxsiy hisobvaraqda
markazlashtirilgan ta'minot anjomlarini viloyat doirasida tashish xarajatlari hisobi
ham olib boriladi.
Bank reklama va xabar berish, kantselyariya anjomlari va ofis buyumlarini sotib
olishga qiladigan xarajatlar, pochta,telefon hamda faks xarajatlari, davriy nashrlar,
kitoblar, gazetalar uchun qiladigan xarajatlar hisobi "Ma'muriy xarajatlar" nomli
shaxsiy hisobvaraqda tegishli tarzda ikkinchi tartib hisobvaraqlarida yuritiladi. Bu
hisobvaraqlar bo’yicha xarajatlar bosh bank belgilagan smetalar chegarasida qilinadi.
Bank xodimlarining ish haqi va ularga to’lanadigan boshqa to’lovlar qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hisobdoplik asosidagi mablag’lar amaldagi ehtiyojga qarab beriladi va ular
faqat bevosita ko’zlangan maqsadlarga, ya'ni xizmat safaplapi, xo’jalik xapajatlapi va
boshqalapga sapflanishi lozim. Xizmat safari xarajatlariga ish haqi hisobidan
bo’naklar berish taqiqlanadi.
Xizmat safapi xapajatlapi uchun bo’naklar xizmat safariga jo ’natilayotgan
xodimning shaxsan o’ziga beriladi. Xizmat safari xarajatlari uchun bo’naklaming
hammasini guruhlar rahbarlariga berish taqiqlanadi. Xizmat safarlari bilan bog’iq
xarajatlar uchun hisobdoplik asosidagi mablag’lap xizmat safariga boradigan
shaxslarga xizmat safari joyiga etib borish va qaytib kelish qiymatini, kundalik
xarajatlami hamda turar joy xapajatlarini qoplaydigan summalar chegarasida beriladi.
Hisobdorlik asosida pul olgan har bir bank xodimi o’zi olgan bo’nakni qanday


sarflagani to’g ’risida b o ’nak hisoboti topshirishi, unga xo’jalik xarajatlari bo’yicha
tasdiqlovchi hujjatlami ilova qilishi shart. Bu hisobot bo’nak olinganidan keyin ko’pi
bilan 3 kun ichida, xizmat safari xarajatlari bo’yicha esa safardan qaytilganidan so’ng
uzog’i bilan 3 kun ichida topshirilishi zarur.
Hisobdorlik asosida bepilgan mablag’lapning sarflanmagan qoldiqlari topshiriq
bajarilganidan yoki xizmat safaridan qaytilganidan keyin bank kassasiga topshirilishi
lozim. Agar topshiriq bekor qilinsa, uni bajarish uchun hisobdorlik asosida berilgan
bo’nak summasi darhol qaytarilishi kerak. Yangi bo’nak berilishi uchun a w al
olingan bo’nak bo’yicha to’la hisob-kitob qilingan bo’Iinishi shart.
Hisobdor shaxs o ’zi bajarayotgan topshiriqlar xususiyatiga ko’ra yonida doimo
naqd pul olib yurishi zarur bo’lgan hollar bundan mustasno. Sarflangan summani
to’ldirish uchun yangi bo’nak berilishi mumkin bo’lgan bo’nak qoldiqi miqdori
banklar rahbarlari tomonidan belgilanadi. Tasdiqlangan bo’nak hisobotlari bo’yicha
tegishli hisobvaraqlarga kiritiladigan xarajatlar, garchi u berilgan bo’nakdan ortgan
bo’lsada, to ’la summada hisobdor shaxslar uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar
kreditida qayd etiladi. O’tgan yili tugallangan xizmat safarlari bo’yicha sarflangan
bo’naklar to ’g ’risidagi hisobotlar o’sha yilning o’zida qayd etilishi lozim.
O ’tgan yili boshlanib, yangi yilda tugallangan xizmat safarlari bo’yicha
sarflangan b o ’naklar to ’g’risidagi hisobotlar yangi yil aylanmalarida qayd etiladi.
Sarflanganligi to ’g ’risidagi hisobot berilmagan summalar ham 1 yanvar holatidagi
hisobdor shaxslar hisobvaraqlari qoldiqlarida aks ettirilishi lozim.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə