T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
Data

Banklarda 
moliyabiy hisobotlam i tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari
Buxgalteriya balansi - bankning moliyaviy mablag'larini va ulaming kelib
chiqish manbalarini tegishli guruhlar bo'yicha pul ifodasida ma'lum bir sanaga (kun,
oy, chorak va yillik) holati va harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishdir.
Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan buxgalteriya hisobi va hisobotlari,
aw alo, ichki va tashqi (bank boshharuvi va xodimlari, bank ta'sischilar, soliq
inspektsiyasi, kreditorlar, investorlar) foydalanuvchilaming manfaatlari hamda
qiziqishlarini qondirishi, shuningdek, bankning moliyaviy holatiga xolisona baho
berish maqsadida tuziladigan ma'lumotlar majmuasi hisoblanadi. Shu boisdan,
banklarda tuziladigan balans hisobotlari muddatiga ko'ra, korxonalamikidan farqli
o'laroq, kunlik balans, oylik balans, ehoraklik balans va yillik balans shaklida
tuziladi. Banklarda buxgalteriya xizmatining asosi balans tuzishdan iborat. Kirish
balansidan tortib tugatish balansiga qadar bo'lgan davr murakkab buxgalteriya
jarayonini qamrab oladi.
Kunlik balansda banklaming o'zlik va jalb qilingan mablag'laming holati,
shuningdek, ulami kredit va boshqa daromadli operatsiyalarga joylashtrilishi aks
ettiriladi. Balans ma'lumotlariga ko'ra, pul mablag'larining shakllanishi va joylanishi,
kredit, hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalarining holati hamda ulami
buxgalteriya hisobidato'g'ri aks ettirilishi nazorat qilinadi. Banklarda balanslar
tuzilishiga ko'ra: kirim balansi, joriy balans, yig'm a balans (konsolidirovanniy),
qayta tiklash balansi, birlashtirish balansi, tugatish balanslariga bo'linadi.
Balans tuzishda ma'lumotlar asosan aylanma qaydnomalardan (oborot
vedomostlar) ko'chirib yoziladi. Buxgalteriya hisobotining ikkinchi shakli sifatida
«foyda va zararlar to 'g ‘risida»gi hisobot tuziladi. Bunda bankning daromadlari va
xarajatlarining hisobini yuritishda tayinlangan asosiy hisobvaqarlardagi ma'lumotlar
korrektirovka qilinib, bankning kunlik, oylik, ehoraklik va yillik xarajatlari hamda
daromadlarining holati bo'yicha ma'lumotlar aks ettiriladi.
Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotni tuzishdan maqsad bankning daromalari
va xarajatlarini tahlil qilish, ulami hisoblashdagi xato hamda kamchiliklarini aniqlab,
olingan
natijalarga
asoslangan
holda
bankning
istiqboldagi
faoliyatini
rejalashtirishdir.
Bankning pul oqimlari to ‘g ‘risidagi xisobotlarida xisobot oyi davomida naqd
pul malag‘larining, ya’ni, bankga kelib tushgan va chiqim qilingan pul
m ablag‘Iaming harakati o‘ ifodasini topgan boMadi.


Buxgalteriya hisobotining 3-chi shakli balansga ilova hisoblanib, bunda
hisobotning birinchi qismida byudjet daromadlariga ajratmalar va to'lovlar aks ettirib
boriladi. Ikkinchi kunida esa, markazlashtirilgan sug'urta fondlariga, zahira
fondlariga boshqa maxsus fondlarga ajratmalar aks ettiriladi.
Bank balansdagi ma’lumotlar har bir operatsiyaning ro‘y berishi natijasida
aktivlar va passivlami holati bo'yicha to 'liq ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Bu holat xisob-kitob-pul hujjatlarining dastlabki hisobini tegishli hisob registrlarida
rasmiylashtirilib, so'ngra buxgalteriya bo'lim ida analitik va sintetik hisob bo'yicha
umumlashtiriladi va buxgalteriya hisobining hisobvaqarlarida ikki yoqlama yozuv
orqali aks ettiriladi. Bank ish kuni yakunida har bir hisobvaqarlar bo'yicha qoldiq
summalar aniqlanadi. Hisobvarqlardagi oxirgi qoldiq summalar bosh va yordamchi
kitobga ko'chiriladi hamda balansda o'm atilgan tartibda aks ettiriladi.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan, aktiv va passivdan iborat bo'lib, ulaming
o'zaro tengligi balansning
to 'g 'ri tuzilganligi - bankning ish kuni to'liq
yakunlanganligini ifodalaydi. Bank balansi o'm atilgan tartibda kunlik, ehoraklik va
yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish ko'rsatmasiga asosan, andozadagi
blankalarga tuziladi. Undagi ko'rsatkichlar umumiy bir o'lchov birligida, ya'ni milliy
valyutada (qiymat ko'rsatkichida) aks ettiriladi. Bu andozadagi balans blankasidagi
satrlar bir nechta bo'lib, moddalari ham turlichadir. Balansning ikkala qismi, ya'ni
aktivlar va passivlaming jam i summalari bir-biriga teng bo'lishi bilan izohlanadi.
Balansining aktiv tomonida naqd pul mablag'lari, xorijiy valyutadagi pul
m ablag'lar, Markiziy bankdagi vakillik hisobvarag'i, majburiy zahiralari, qimmatli
qog'ozlarga qo'yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
hamda boshqa aktivlardan tashkil topadi.
Passiv tomoni esa, depozitlar, boshqa banklardan olingan kreditlar, bank
tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlar, aktsionerlik kapitali kabi hisobvaqarlardan
iboratdir.
Bankning aktivlari tarkibidagi naqd pullar- bank mablag'lari toifasi bo'lib,
bankning to'lov faoliyatining ahvolini belgilaydi va mijozlaming naqd pul
m ablag'lariga bo'lgan talabini qondirish uchun bank mijozlari oldidagi o 'z
majburiyatlarini bajarish qobiliyatini belgilaydi.
Xorijiy valyutadagi pul m ablag'lari esa, Banklaming valyuta bozoridagi
operatsiyalarining hajmini ifodalaydi. Markaziy bankdagi vakillik hisobvaqarlari -
balans hisobvaqarlari bo'lib, unda ayni paytda bankda m ablag'lam ing mavjudligini
anglatadi. Har bir Banklaming hisobvarag'i Markaziy bankda ochiladi. M ablag'lar
o'tkazish va m ablag'lam ing tuzilishi bo'yicha bank amaldagi hamma operatsiyalar
vakillik hisobvarag'ida aks ettiriladi.
Majbariy zahiralar fondi Markaziy bankdagi alohida hisobvarag'ida mavjud
bank m ablag'lari bo'lib, O'zbekistonning hamma tijorat banklari tomonidan majburiy
tartibda zahiralanadi, bu esa, ulaming likvidliligini saqlab turishiga ma'lum darajada
kafolatlaydi. Majburiy zahiralar fondiga ajratmalar foiz stavkalarini belgilash
Markaziy
bank tomonidan o ‘tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab


turishning eng ta'sirchan mexanizmi hisoblanadi.
Qimmatli
qog'ozlarga
qo'yilmalar
tijorat
bankning
fond
bozoridagi
operatsiyalarini
aks ettirib, balans aktivining boshqa ko'rsatkichlari
bilan
taqqoslanganda, qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan operatsiyalarida bankning
amaliy faolligini ifodalaydi. Ular emitetlar maqomiga qarab, ikki toifaga bo'linadi;
hukumat yoki markaziy bank chiqargan qimmatli qog'ozlar va xo'jalik yurituvchi
sub’ektlar chiqargan qimmatli qog'ozlardan tashkil topadi.
Hukumat yoki markaziy bank chiqargan qimmatli qog'ozlar yuqori darajada
likvidliligi bilan ajralib turadi, ammo bu qog'ozlam ing daromadliligi boshqa
emitetlar chiqargan qimmatli qog'ozlamikidan bir muncha past bo'ladi.
Kreditlar- tijorat bankining kreditga oid operatsiyalari bo'lib, bankning foyda
olishini belgilovchi moddasi hisoblanadi. Balansda kredit muddatlari (qisqa va uzoq)
bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming mulkchilik shakliga qarab tasniflanadi.
Sarmoya - bankning boshqa yuridik shaxslar faoliyatidagi ulushini ifodalaydi.
Bank sarmoyalari xo'jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini boshharish yo'li bilan
qo'shim cha foyda, dividend sifatida, boshqa turdagi daromadlar olish maqsadida turli
loyihalarga yo'naltirilgan m ablag'lar hajmini izohlaydi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank aktivlarining asosiy moddalaridan
biri bo'lib, bank o 'z faoliyatini tashkil etishda moddiy bazasini shakllantirishga va
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish uchun
yo'naltirilgan mablag'laridir. Ular jumlasiga: bank binolari, inshootlari, kapital
qurilish uchun qilingan xarajatlari, ofis va ish mebellari, jihozlari, kompyuter va
boshqa hisoblash texnikasi, aloqa vositalaridan iboratdir. Markaziy bank tomonidan
belgilangan me’yorlar Banklaming kapital xarajatlari miqdori bank aktivlarining 10
foiz miqdorida chegaralangan.
Bank passivida aks ettiriladigan moddalari quyidagilarni o 'z ichiga oladi:
depozitlari - bankning boshqa sub’ektlarda xarid qilgan manbalarini ifodalaydi. Ular
talab qilib olinadigan, jam g'arm a, muddatli depozitlarga bo'linadi. Talab qilib
olinadigan depozitlaridan tashqari barcha depozitlar kredit resurslarining eng
barqaror manbalaridan hisoblanadi. Jalb qilingan manbalarda muddatli depozitlar
ulushining oshishi qo'ilm alam i uzoq muddatga, shu bilan birga yuqoriroq foiz bilan
amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bankning omonatlar (depozitlar) bo'yicha
foiz xarajatlarini ko'paytiradi.
Boshqa banklardan olingan kreditlar - tijorat bankining bo'sh mablag'lariga
bo'lgan ehtiyoji va mijozlariga pullik xizmatlar hajmini oshirish maqsadida boshqa
moliya institutlari bilan o'zaro munosabatlarini ifodalaydi. Biroq, banklararo kreditlar
birinchidan, boshqa mablag'larga nisbatan olish imkoniyatining yuqoriligi va
ikkinchidan, eng qimmat kredit manbasi hisoblanadi. Banklarda jalb qilingan


mabag'lar ulushida banklararo kreditlaming salm og'i yuqoriligi ularda depozit
siyosati yaxshi ishlab chiqilmaganligini izohlaydi.
Bank chiqargan harz majburiyatlar moddasi
- tijorat banklari tomonidan
chiqarilgan qarz majburiyatlarining ulushini ifodalaydi. Qarz majburiyatlarini
chiqarish bankka uzoq muddatli manbaalami shakllantirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, bunday katta hajmdagi qarz mablag'lari bank uchun qulaydir, chunki uning
pulini to ‘lash va qaytarib berish oldindan ma'lum boMadi, bu esa, bankning toMay
olmaslik xavfini kamaytiradi.
Aktsiyadorlik kapitali - bankning o ‘z mablagMari hajmini anglatadi. Markaziy
bank tomonidan Banklaming kapitalining shakllanishini nazorat qiladi va tartibga
solib turadi. Bu esa, bank operatsiyalari daromadliligini oshirishi va ulaming
faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Bank tizimiga ishonchni mustaqkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Banklaming moliyaviy faoliyatining sifatini oshirishga qaratilgan
tadbirlami amalga oshirib bormoqda. Bunda 0 ‘zbekiton Respublikasining «Banklar
va bank faoliyati to ‘g‘risida»gi qonunning 42-moddasiga, « 0 ‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to ‘g ‘risida»gi va O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to ‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, banklaming e'lon qilinadigan moliyaviy
hisobotlariga doir 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablarito‘g ‘risida
nizomi ishlab chiqilgan. Ushbu nizomning ishlab chiqilishi tijorat banklari yillik
hisobotlarining ochiq matbuotda e'lon qilinishi dunyoda muayyan darajada
oshkoraligi bilan ajralib turadigan bank tizimini yaratish uchun dastlabki qadamdir.
Ushbu nizomga k o ‘ra, barcha banklar o ‘z yillik hisobotlarini, jumladan, balans
hisobotini matbuotda e'lon qilishlari lozim. Quyida tijorat banklari tomonidan
tuziladigan yillik balans hisobotning namunaviy shaklini keltiramiz ( 1-jadvalga
qarang).
1-jadval

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə