|
T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis-bob. QURILISHTASHKILOTLARIDAM ATERIALLARavtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil qilish hisobi.305-page3-bob. QURILISHTASHKILOTLARIDAM ATERIALLAR
HISOBINING XUSUSIYATLARI
3.1.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifl,
tavsifi va baholanishi
Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni belgilangan muddatlarda
tugatilishi va buyurtmachilarga topshirilishida muhim omillardan biri bo‘lib
qurilish tashkilotlarida turli xildagi hamdategishli miqdordagi materiallarning
mavjudligi hisoblanadi. Ularga qurilish materiallari, yoqilg‘i, moylash
materiallari, xo‘jalik inventarlari va boshqalar kiradi.
Qurilish tashkilotlariningmoddiy ta’m inotbo‘limlari materiallami o‘z
vaqtida va kerakli m iqdorda kelib tushishini ta ’minlashlari, moddiy
javobgar shaxslar esa ulaming butligini va sifatini buzmasdan saqlashlari
hamda qurilish maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda
yetkazib berishlari lozim.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning holati va harakati
ustidan uzluksiz nazoratni olib borish, ulami to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli
hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini ta’minlash, bu boyliklaming sintetik
va tahliliy hisobini yuritish, ular to‘g‘risidagi axborotlami foydalanuvchilarga
o ‘z vaqtida berish kabi muhim vazifalar yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallami turli belgilari
b o ‘yicha tasniflash va tavsiflash mumkin. M ateriallar hisobini to ‘g‘ri
yuritishda, ayniqsa, ulami quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Isltlab chiqarishda tutgan o ‘rniga k o ‘ra
qurilish tashkilotlarida
ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘ linadi.
Asosiy materiallar deganda obyektlami qurish, montaj qilish, kengaytirish,
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda
bosh rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi. Ulaiga sement g‘isht, taxta, bolar,
armatura, truba, linoléum, marmar, granit, mix, oyna, ohak, bo‘yoq, gips va
shu kabi ko‘plab boshqa materiallar kiradi. Ushbu materiallarsiz qurilish ishlarini
olib borib bo‘lmaydi. Shu bois ham ushbu asosiy materiallarning mavjudligi,
ulaming butligi, harakati ustidan uzluksiz nazoratni olib borish buxgalteriya
hisobi oldida tutgan muhim vazifalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|