T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


 ‘QITISH JARAYONINING ASOSIY SHAKLLARI


səhifə12/188
tarix11.12.2023
ölçüsü
#144673
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188
Mutaxassislikka kirish

1.6. 0 ‘QITISH JARAYONINING ASOSIY SHAKLLARI
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonida ta’lim berishning turli 
shakl va usullaridan foydalaniladi. Ta’limning asosiy shakllari 
ma’ruza va seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, maslahat 
va kollokviumlar, kurs loyihasi (ishi) va BMI (bitiruv malakaviy 
ishi)lari hisoblanadi. Bundan tashqari, talabalarning ilmiy jamiyati 
(T1J) y o li bilan o‘qituvchilar rahbarligida, kafedra va laboratoriyalar 
qoshida, talabalar ilmiy to‘garaklarida va (institut) talabalarning 
ilmiy anjumanlariga ma’ruzalar tayyorlash va unda ishtirok etish 
yo ii bilan ham chuqur bilim beriladi. 
'
Ma’ruza 
o'qitish jarayonining asosiy 
shaklidir. 
0 ‘qitish 
jarayoni shakllari ichida ma’ruza eng asosiysi hisoblanadi. U ancha 
murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma’ruza o‘qish 
yuqori malakali pedagoglarga topshiriladi, chunki ma’ruza kursini 
tayyorlash oliy maktab o‘qituvchisidan katta mahoratni talab etadi. 
Har bir ma’ruza matnini tayyorlash esa, ilmiy ishni eslatadi.
Oliy yurtlarida o‘qitiladigan ma’ruzalar, darslik, qo‘llanmalar, 
internet ma’lumotlari va boshqa manbalardagi materiallarni 
qayta bayon qilib berishdan iborat boiib qolmasdan, balki 
o‘qituvchining aniq bir soha bo‘yicha o‘z shaxsiy ilmiy-pedagogik, 
ijodiy izlanishlarini ham o‘zida jamlashi lozim. Haqiqiy 
0
‘qituvchj^ 
ma’ruzaga vaqtinchalik topshiriq deb qaramasdan, balki muntazam 
ravishda unga tayyorlanib borishi, ma’ruzani qayta ishlab, to‘ldirib 
va mukammalashtirishi lozim. Bunda har bir o‘qituvchining 
o‘z amaliy qarashlari, materiallarga shaxsiy munosabati, ilmiy 
umumlashtirmalari bolishi shart. Buning uchun adabiyotlar tanlash. 
ulardan o‘rinli foydalana bilish, matbuotda va internetda paydo 
bolayotgan yangi adabiyotlarni yetarli hisobga olib borish talab 
etiladi.
Binobarin, ma’ruzaga tayyorlanishda kitob, jurnal va boshqa 
materiallarni pala-partish o‘qish, uning mavhum joylarini e’tiborsiz 
qoldirib, notanish so‘zlar, noaniq atamalar va mavhum iboralarni 
aniqlamasdan tashlab ketish materiallarni o‘zlashtirib olishga halaqit 
beradi va anglashilmovcbiliklarning kelib chiqishiga sabab boiadi.
26


Auditoriyada tinglovchilarga yetkaziladigan o‘quv material­
larining yo‘nalishi va ularni talabalar qabul qilib olishi turlicha 
xarakterda bo'ladi. Bu, so‘zsiz, talabalarning umumiy bilimi
o‘rta maktabdagi va o‘rta maxsus ta’limdagi mashqi, ularga ta’lim 
bergan o‘qituvchilarning mahoratiga bogliqdir. Chunki ular oliy 
maktabgacha bilim asoslarini egallagan boiadi.
0
‘qituvchi ma’ruza o‘qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni 
yetkazish bilan birga, ularga ba’zi vazifalarni berib, kutubxona, 
laboratoriya va arxivlarda yoki internetda ishlash uchun yo‘llanma 
berishi ham kerak.
Talabalar oliygohda 4-yil ta’lim oladilar. Ularga birinchi kursdan 
boshlab 
ma’ruza 
o‘qiladi. 
Talabalar ma’ruzalarni tinglaydilar 
va konspektlashtirib boradilar. Har bir talaba ma’ruzani yaxshi 
o‘zlashtirib olishi uchun uning quyidagicha bosqichlariga rioya qilishi 
lozim: ma’ruzani tinglash, uni konspektlashtirish va yozib olingan 
tekstni o‘rganish - qayta ishlab chiqish. Talabalar bu davrda ko‘p 
narsalarni egallaydilar. Ular mustaqil fikrlaydigan, masalalarni to‘g‘ri 
hal eta oladigan bo'lib boradilar. Shuning uchun yuqori kurslarda 
an’anaviy ma’ruzalar bilan bir qatorda, ma’ruza-suhbat, ma’ruza- 
munozara kabilarni tajriba qilib ko‘rish foydadan xoli boTmaydi. 
Chunki talabalar ta’lim jarayonida ko‘p narsalarni o‘qiydilar, ko‘proq 
mustaqil ishlab, dasturdagi va dasturdan tashqari materiallarni 
o‘zlashtirib oladilar. Shuning uchun ham ma’ruzada ayrim masalalarni 
o‘rganishni talabalarning o‘zlariga havola etish o‘rinli boTadi. Shunday 
yo‘l bilan muammoli ma’ruza yuzaga keladi.
Talabalar ma’ruza tinglayotganlarida ma’ruzachi tomonidan 
beriladigan materiallarni diqqat bilan
avvalo, tarixiy-davriy 
materiallarni, undagi tarixiy voqealarni o‘tmish tarixida ayrim 
shaxslarning rolini, diagramma va sxema materiallarini, miqdoriy 
ko‘rsatkichlarni, ko‘chirmalarni aniq manzili bilan yozib borishlari 
kerak. Ma’ruza davomida talabalar barcha imkoniyatlardan (ko‘rish, 
eshitish, yozib olish kabi) mumkin qadar toTaroq foydalanishga 
erishishlari zarur. Ma’ruzani yozib olishda hamma o‘quv qurollar, 
asboblari - daftar, ruchka, qalam, musavvirlik va chizmachilik
27


uchun zarur bo‘lgan materiallar taxt qilib qo‘yiladi. Stolda ortiqcha 
narsalar bo‘Imasligi kerak. Talabadan ma’ruza davomida aytilgan 
fikrlar va materiallarning hammasini sabr-toqat bilan tinglash 
va eslab qolishga harakat qilish talab qilinadi. Yuqorida aytilgan 
tayyorgarlik ishlari tinglovchilarga katta ruhiy-fiziologik kayfiyat 
baxsh etadi.
Ma’ruza talabalarni tarbiyalashning muhim usullaridan biri 
hisoblanadi. Darsxonada o‘qituvchi o‘zining jonli nutqi va ko‘rgazmali 
qurollari, zamonaviy texnik vositalar bilan tinglovchilarga ilmiy 
tafakkur qilishning asl mohiyatini ochib beradi, talabalarning 
dunyoqarashini kengaytiradi, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini 
va o‘quv madaniyatini oshiradi. Gap iandagi ilg‘or tajribalar, so'nggi 
yangiliklarni tinglovchiga yetkaza oladigan, o'zining ilmiyligi va 
pishiqligi bilan uzoq vaqtgacha esda saqlab qoladigan ma’ruzalar 
haqida borayapti. Ma’ruza o‘qituvchilar bilan talabalarning aloqasini 
mustahkamlaydi. Bu jarayon seminar, amaliy va laboratoriya 
mashg'iilotlarida davom ettiriladi, ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs 
va BMI larini bajarishda yuqoridagi aloqalar yanada mustahkamlanadi 
va mustahkamlashib boradi. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy 
mashg‘ulotlarni o'tkazishda oliy maktab hayotidagi tajriba ham 
nazariy ham amaliy jihatdan umumlashtirib boriladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə