T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Nominal atribut ma’lumot (Nominal attribute data) −



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Nominal atribut ma’lumot (Nominal attribute data) − 
vazifasi biror- bir jismni 
ikkinchisidan ajratishdan iborat boʻlgan atributning eng oddiy turi.
Obyekt
(
Object) −
geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va tematikani 
qamrab olgan fazoviy elementning belgisi.
Ordinal atribut ma’lumot (Ordinal attribute data) − 
qiymati tabiiy ketma- 
ketlikni tashkil qiladigan ma’lumotlar.
Overley operatsiyasi (Overlay operation) − 
ikki yoki undan ortiq qatlamlarni 
bir-biriga ustma-ust qoʻyish orqali grafik qatlamlar yigʻindisidan tashkil topgan 
qatlamlar hosil qilish. 
Piksel (Pixel) − 
rastr formatdagi tasvirlardagi kvadrat katakchalar. 
 
Portal katalogi (Portal Catalog) − 
indekslangan geofazoviy ma’lumotlar 
saqlanadigan ma’lumotlar bazasi boʻlimi. 
Proyeksiya (Projecting) − 
yer yuzasini sferik koordinata sistemasidan tekislik 
koordinata sistemasiga oʻzgartirish usuli



Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
269 
Qatlam (Layer) − 
bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami. 
Qayta tasniflash (Reclassification) – 
tasniflangan mavzuli kartalarni qayta 
tasniflash.
Qiyalik (Slope) − 
har bir katakdan olingan qiymatning qoʻshni katakchaga 
nisbatan maksimal oʻzgarish darajasi koeffitsiyenti. 
Qoʻshni belgilash soʻrovi (Adjacency query) −
belgilanayotgan obyektga 
qoʻshni yoki undan keyingi obyektlarni belgilash usuli.
 
Raqamlashtirish (Digitizing) − 
analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida 
saqlay oladigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayoni.
Raqamli karta (Digital map) − 
kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va 
balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash 
qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə