T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
33 
bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma’lumot bazasidan 
ma’lumot olinishi yoki kartaning oʻzida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi 
mumkin. Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumot bazasining ichidan ham 
olinishi mumkin. 
Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bogʻlanishlarini 
aniqlaydi, bu esa, oʻz navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga oʻtish 
imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma’lumotlarga bogʻliqlik 
ma’lumotlarni qoʻshish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi 
ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday 
texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va koʻplab muhandislik va biznes 
ishlarida qoʻllaniladi.
ArcCAD ma’lumot bazasini chizma va CAD rasmlardan alohida holda 
shakllantiradi, chunki CAD orqali yaratilgan chizmalar GAT uchun kerak 
boʻladigan umumiy ma’lumotlarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega emas. 
Shuning uchun ArcCAD bu yerda qimmatli geoaxborot tizimi hisoblanadi. 
ArcCAD tizimi CAD tizimni shaxsiy kartalarni yaratish va tahrir qilish 
uchun ishlatadi. Agar foydalanuvchi AutoCAD dasturiga ega boʻlsa, u holda 
ArcCAD mavjud chizmalar va rasmlarni GATga mos formatga oʻzgartira oladi. 
MS Windows yordamida elektron jadval va geoaxborot ma’lumotlar bazasini 
oʻzaro bogʻlash mumkin. ArcViewni Windowsda qoʻllash orqali ArcCAD orqali 
hosil qilingan geoaxborot ma’lumotlarining soʻrovini tashkil qilish mumkin. 
„Panorama” elektron kartalar tizimi. 
„Panorama” geodeziyaning amaliy 
masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida 
raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu 
dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan 
olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur 
yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir.
Bu dastur yordamida:

kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish

atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish; 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə