T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211
Geomarkazlashgan datumlar
Datum 
nomi 
Yili 
Mamlakat/ 
Tashkilot 
a
, km (katta 
yarim oʻq) 
b
, кm (kichik 
yarim oʻq) 
f
 (siqilish) 
GRS 80 
1980 
MAGG 
(IUGG) 
6378,137 
6356,75231414 
298,257222101 
WGS84 
1984 
AQSH 
6378,137 
6356,75231424518 298,257223563 
PZ90 
1990 
MDH 
6378,136 
6356,751 
298,257839303 
IERS96 
2003 
МСВЗ 
(IERS) 
6378,13649 
6356,751 
298,25642 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
44 
Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid 
emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli 
sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida 
gorizontal 
datum
deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv 
koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy 
datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi.
Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan 
GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy 
referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks 
holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday 
farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib 
oʻzgartiriladi.
2.3.
 
Vertikal datum
Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga 
nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab 
dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan 
suv sathi
, geoidga asoslangan 
gravimetrik
va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan 
geodezik datumlarga
boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq 
“dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar 
jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, 
suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi 
kiradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona 
oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi 
qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini 
hisoblashda dengiz oʻrta sathi

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə