Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
44
Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida
datumni referens-ellipsoid
emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli
sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida
gorizontal
datum
deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv
koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda
bir necha yuzlab mahalliy
datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi.
Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan
GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy
referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga
moslashtirish zarur, aks
holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday
farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib
oʻzgartiriladi.
2.3.
Vertikal datum
Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini
dengiz sathiga
nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab
dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan
suv sathi
, geoidga asoslangan
gravimetrik
va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan
geodezik datumlarga
boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz
sathlariga nisbatan olinadi, biroq
“dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar
jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi,
shamol va oqimlar, atmosfera bosimi,
suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi
kiradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi
omillarning barchasini jamlab, yagona
oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi
qoʻllaniladi.
Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini
hisoblashda dengiz oʻrta sathi
Dostları ilə paylaş: