T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
39 
dan oshmaydi. Bu farq Yerning umumiy kattaligiga nisbatan juda kichikdir. 
Shuning uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilingan. 
Geodeziya kursidan ma’lumki, yerning asosiy sathiy yuzasi boshlangʻich 
yuza deb qabul qilingan va u okean suvlarining tinch turgandagi sathidan 
boshlanadi. Tinch holatdagi okean va dengiz suvlari sathining fikran qit’alar 
ostidan shovun chizigʻiga perpendikular qilib davom ettirishdan hosil boʻlgan 
shakl geoid deb ataladi. 
2.1-rasm.
 
Geoid shakl 
(Manba: Internet)
Datum 
(Burkard, 1984) – Yerning matematik modeli boʻlib, joyning 
geografik koordinatasini hisoblash uchun asos yoki referens boʻlib xizmat qiladi. 
Datum tushunchasi Yerning haqiqiy shakli va ellipsoid orasidagi farqni ajratish 
uchun qoʻllaniladigan hisoblashlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Koʻpgina davlatlar 
va hududlar uchun mahalliy datumlar ishlab chiqilgan. Masalan, NAD 27 (North 
American Datum, 1927) – bu Klark 1866 ellipsoidiga asoslangan boʻlib, u AQSH 
ning Kanzas hududidan boshlanadi. Keyinchalik paydo boʻlgan NAD 83 (North 
American Datum, 1983) – Yerning markaziga yaqinlashtirilgan (boshqa nomi 
geomarkazlashgan) GRS 80 (Geodetic Reference System, 1980) ellipsoidiga 
asoslangan. 
 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
40 
Geoaxborot tizimida datum uch xil turda boʻladi: gorizontal, vertikal va 
geometrik. Gorizontal datumni adabiyotlarda boshqacha, ya’ni referens datum 
deb ham yuritiladi va u koordinata bilan bogʻliq boʻlsa, vertikal datum 
balandliklar bilan bogʻliq boʻladi. Quyida biz ularga batafsil toʻxtalamiz. 
2.2.
 
Gorizontal datum 
Datumning yana bir boshqa ta’rifi – bu referens-ellipsoidni mahalliy 
geografik koordinatalarga transformatsiyalash va koʻchirish uchun xizmat 
qiladigan parametrlar toʻplamidir
.
Datum tushunchasi geodeziya va kartografiyada geoid shaklni berilgan 
yoki oʻrganilayotgan joyning geoid shakliga iloji boricha yaqinlashtirish uchun 
qoʻllaniladi. Bunda datum parametrlari referens-ellipsoidni 
X,Y,Z
oʻqlar orqali 
koʻchirish hamda dekart koordinata sistemasi tekisligida oʻqlarni 
rX

rY

rZ
burchaklar ostida burib beriladi. Bunda albatta referens-ellipsoidning parametrlari 
hisoblangan 
а
va
f
ni, ya’ni 
a
– katta yarim oʻq va 
f
– ellipsoid siqilishini bilish 
zarur. Datumga siz GPS priyomnik(qabul qilgich) yoki GNSS bilan ishlaganda va 
mahalliy koordinata sistemasida ishlamoqchi boʻlganingizda duch kelasiz.
Shuni nazarda tutish kerakki, datum aniqlanayotgan joyning yerdagi 
joylashuvini maksimum yaqinlashtirish uchun ishlatiladi. Agar siz WGS-84 da 
berilgan koordinata asosida joylashtirmoqchi boʻlsangiz, u holda mahalliy 
koordinata asosida yaratilgan kartalaringizga aniq ustma-ust tushmasligi mumkin, 
balki farqi bilan (bir necha metrdan bir necha yuz metrgacha) tushadi.
Oʻlchamlari aniqlangan va yer sirtida ma’lum holatda oriyentirlangan 
(joylashtirilgan) ellipsoidga

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə