T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
34 

kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish 
va ta’minlash; 

klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma’lumotlar bazasini 
yaratish; 

hisobot va tahliliy ma’lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish 
kabi amallarni bajarish mumkin. 
Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri 
hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali 
boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.
Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari 
Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari juda keng boʻlib, atrof-muhit, 
yer va suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalarda, qurilish va neft-gaz sohalarida, shuningdek, geodeziya va 
kartografiyada qoʻllash mumkin.
GAT turli holatlarda, jumladan: 

sogʻliqni saqlash sohasida yangi klinika va shifoxonalarni aholiga 
geografik jihatdan mos va qulay qilib joylashtirish jarayonida; 

yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va 
jadvallarini tuzish va aniqlashda; 

avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni 
loyihalashda eng maqbul variantni tanlashda

geodemograflar uchun yangi savdo majmualarini barpo etish va ularga joy 
tanlashda; 

oʻrmonchilik korxonalari uchun oʻrmonlar holatini yangilash va rekreatsiya 
parklarini barpo qilishda; 

davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda; 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
35 
1.7-rasm
.
 
Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari 
(Manba: Internet)

sayohatchilar uchun oʻzlariga maqbul mehmonxona, sayohat manzillari va 
albatta, toʻgʻri yoʻnalish topishda; 

fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarning holatini 
aniqlashda va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi. 
Bundan tashqari, GAT ekologiya va atrof-muhitdan foydalanish, dengiz, 
aviatsiya va avtomobil navigatsiya tizimida, shaharsozlikda, marketingda, 
favqulodda vaziyatlarni boshqarish va rejalashda, sotsiologiya, politologiya 
hamda boshqa sohalarda qoʻllaniladi. 
GATning geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir 
qancha yengilliklar kelib chiqadi. Bunda ish hajmi keskin ortib, ma’lumotlarni 
qayta ishlash va bosmaga chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt keskin 
kamayadi. Bundan tashqari, ma’lumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar miqdor 
va sifat jihatidan ortadi. Bunda hozirgi kunda mavjud zamonaviy geodezik 
asboblar, jumladan elektron taxeometrlar, sun’iy yoʻldosh orqali obyektning 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə