T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211
 
– Mean Sea Level (MSL)
 
qoʻllaniladi. MSL datumi 
parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish 
balandliklarining oʻrtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va 
Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
45 
Vertikal datum ham gorizontal datumga oʻxshab ma’lum bir hudud yoki 
davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida 
vertikal datum ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsha hudud uchun asos qilib olingan 
dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal 
datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan 
Nyuvlin dengizining 1915

1921-yillar orasidagi oʻrtacha dengiz sathi asosida 
hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol 
balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha boʻladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga 
kelishimiz mumkin: 

geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun 
zarur boʻladigan oʻzgarmas birliklar toʻplamidir va u boshqa geodezik 
oʻlchashlarga asos boʻladi; 

geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda 
datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning 
yordamchi modeli sifatida qaraladi; 

gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar oʻrnini kenglik va uzoqlik 
asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi; 

vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni oʻlchash 
uchun xizmat qiladi. 
 
2.4.
 
GATda koordinata sistemalari 
Biror nuqtaning boshlangʻich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga 
nisbatan joylashgan oʻrnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi 
deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan 
foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, toʻgʻri burchakli 
koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi. 
Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol 
oʻynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik 
koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan 
koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabilar kiradi. 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə