T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
46 
Geoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga oʻtkazish 
uchun zarur boʻladigan parametrlar oldindan kiritilgan boʻladi.
Yer sirtida nuqtalar va obyektlar oʻrnini pozitsiyalash uchun toʻgʻri 
burchakli (tekislikda ikki oʻlchamli va fazoda uch oʻlchamli) koordinata 
sistemalaridan foydalaniladi.
Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari boʻyicha 
tasniflash mumkin: 

koordinata boshining joylashishi boʻyicha – geosentrik va toposentrik; 

koordinata chiziqlari boʻyicha – tekislikda toʻgʻri burchakli va fazoda egri 
chiziqli (sferik – sharda, ellipsoidal – ellipsoidda); 

vazifasi boʻyicha – Yulduz va Yer koordinata sistemalari. 
Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan koʻp qoʻllaniladigani 
geosentrik (geodezik) toʻgʻri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch 
oʻlchamli) va ikki oʻlchamli tizimlardan yassi toʻgʻri burchakli Gauss-Kryuger 
koordinata sistemalari hisoblanadi. 
Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer 
ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning 
Z
oʻqi 
Yerning aylanish oʻqi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta 
qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bogʻliq geodezik masalalarni hal 
etishda qoʻllaniladi (masalan, kosmik geodeziyada). 
Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning oʻrni uning 
geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik 
koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga 
boʻlinadi. 
Geodezik koordinatalar.
Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning 
oʻrnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi sifatida referens-ellipsoid yuzasi
asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul 
qilinadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda shu nuqtadan 
oʻtkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biror 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə