Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
42
Yuqoridagilardan
tashqari, Hindiston, Yaponiya,
Yevropa hududlari uchun
moʻljallangan datum mavjud boʻlib, oʻz navbatida, ular ham turli referens-
ellipsoidlarga asoslanadi.
2.3-rasm.
Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq (
Manba: Internet
)
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib
turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga
ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos
kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining
markazi bilan mos keladi.
Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar
geodeziya va kartografiyada
hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy
joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer
shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi.
Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum
geodezik tizimni
aniqlash uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz
navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi.
Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan
nuqtaning yer yuzasida
turli joylashishi farqi
datum siljishi
(
Datum shift
) deb
ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida
joylashishi koʻrsatilgan.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
43
2.4- rasm.
Turli datumlarning markazlashgan datumga
nisbatan siljishi
(Manba:
Internet)
Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi
bir joydan boshqa bir joyga
nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan oʻzgaradi va bu oʻzgarish
Yerning markazi – 0 (nol)
dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa
kilometrlargacha boʻlishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal
yaqinlashish uchun oʻz hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qoʻllaydi.
Quyidagi jadvalda geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan.
2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: