|
![](/i/favi32.png) T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 20192-bob.
GEOAXBOROT TIZIMIDA GEOREFERENSLASH VA
TRANSFORMATSIYALASH
2.1.
Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan
Datum
sferoidning joylashuvini
Yerning markaziga nisbatan aniqlaydi, ya’ni sferoid va datum bir-biri bilan
bogʻliq tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi boʻlib Nyuton e’tirof etdi.
1682- yili u e’lon qilgan nazariya – Butun dunyo tortish qonuniga binoan, Yer oʻz
oʻqi atrofida ma’lum tezlikda aylanishi tufayli u shar shaklida boʻlmay, balki ikki
qutblari boʻyicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligi ma’lum qilindi.
Yerning shakli juda murakkab va oʻziga xos xususiyatga ega. Yerning
tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, togʻlik va tekislik, tizma togʻ va vodiylardan
iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda uning
tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat matematik shakli tushuniladi. Ana shu
matematik shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir.
Geoid
–
okean suvi tinch turgan paytda uning sathi boʻyicha okean quruqligi ostidan
sathiy yuza oʻtkazilganda hosil boʻladigan yumaloq shakldir.
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza oʻtkazish mumkin. Sathiy yuza
oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uning barcha nuqtalarida shovun chizigʻi
perpendikular yoʻnalgan boʻladi. Bu shakl Yer shakli deb qabul qilingan. Yerning
shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi, chunki yer
yuzining koʻp qismi (71%) okean va dengizlar, oz qismi (29%) quruqlikni tashkil
etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bagʻridagi
jinslarning joylashishi va zichligiga bogʻliq. Yerning ichki tuzilishi bir xil boʻlsa,
yer yuzasi silliq boʻlardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi
uchun geoid yuzasi toʻlqinsimon boʻladi.
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas, lekin
olib borilgan geodezik ishlar geoidning aylanma ellipsoidga yaqinligini koʻrsatdi.
Geoid bilan ellipsoidning bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m
|
|
|