T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Oʻquv qoʻllanma TEMPUS dasturining GE-UZ – “Geoinformatika



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Oʻquv qoʻllanma TEMPUS dasturining GE-UZ – “Geoinformatika: 
Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta’minlash” loyihasining 
bevosita koʻmagida nashrga tayyorlandi. 
 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

KIRISH 
Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, 
boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimi boʻlib, unda mazkur 
ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning 
qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin. 
Geoaxborot tizimining boshqacha koʻrinishi boʻlgan geoinformatika deganda 
geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy 
fanlar majmuasi tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion 
texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha 
yondashishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikdan kelib chiqadi. 
Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib 
borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy 
sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda. GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, 
u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni 
geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish 
bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish 
hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va 
yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat 
fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni 
oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot 
olishda juda qoʻl keladi. 
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga 
sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya 
qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir 
qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni kartada bemalol 
olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonun-
qoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Agar geoaxborot tizimini 
bundan 10 yillar oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə