T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   211
GAT texnologiyalari –
bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga 
oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir. 
Geoaxborot tahlili – 
geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini 
qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro 
bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
11 
Geoinformatika –
ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib: 
1.2-rasm

Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi 
(Manba: Internet)
 

ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va 
foydalanish; 

geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish; 

amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz 
ichiga oladi. 
Geoinformatsion kartografiyalash – 
bu geoinformatika va karto-
grafiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash 
avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik 
usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy 
bogʻliqligida shakllanadi. 
Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yoʻnalishlaridan 
biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni 
tashkil etadi.
Quyidagi omillar ushbu yoʻnalishning shakllanishiga turtki boʻldi: 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
12 

Geoinformatikaning ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish fani sifatida 
rivojlanishi. 

Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya. 

Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va 
avtomatlashgan kartografiyaning qoʻllanilishi. 

Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya-
lashuvi. 

Katta hajmda yangi koʻrinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy qayta 
ishlanishi.
Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi 
boʻlib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi 
an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. 
Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. 
Geografik va toʻgʻri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni 
ularning geografik joylashuviga qarab oʻzaro bogʻlaydi va GATning ma’lumotlar 
bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib 
tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik 
kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik 
izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bogʻliq barcha 
jarayonlarni 
oʻrganishda 
kartografik 
tahlil 
va 
matematik-kartografik 
modellashtirishdan keng foydalaniladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə