T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

Koʻplab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan 
boʻlib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan 
kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy 
rejalashtirish, huquqiy muammolarni oʻz ichiga olgan geografik axborotlarni sir 
saqlagan holda yigʻish hamda tarqatish va boshqalar kiradi.
Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda Oʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan 
Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini 
yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda 
„GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri 
uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va 
Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT 
loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va 
Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi.
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli 
kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan 
toʻliq tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi 
oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 
2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va 
Toshkent viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish 
kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab 
etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da 
qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. 
Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi 
doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha 
ishlar boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy 
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi 
PQ-2045-sonli 
qarori 
asosida 
Oʻzbekiston 
Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot 
tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə