T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

mumkin, degan qoidalar mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet 
tarmogʻidagi veb-portallar, turli navigatsiya tizimlari, uyali telefonlardagi 
dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu sohani bilishiga asos 
yaratdi. Geoaxborot tizimi kartografiya va masofadan zondlash, fotogrammetriya 
va topografiya bilan chambarchas bogʻliq hamda matematik, kartografik, 
masofadan zondlashda qoʻllaniladigan usullar bilan bir qatorda yer qatlami 
geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, geografiya, iqtisodiyot, biologiya 
kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi.
Ushbu oʻquv qoʻllanma mualliflari kitobni yozishda yordam bergan 
Yevropa Ittifoqidagi hamkor institutlar, jumladan Vengriyaning Gʻarbiy Vengriya 
universiteti, 
Angliyaning 
Grinvich 
universiteti, 
Avstriyaning 
Zalsburg 
universiteti, Shvetsiyaning Qirollik texnologiya institutidagi geodeziya, 
kartografiya, geoaxborot tizimi sohalaridagi professor-oʻqituvchilarga oʻz 
minnatdorchiliklarini bildiradilar. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

 
1-bob.
 
GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI 
Geoaxborot tizimining ta’rifi 
Tasavvur qiling, siz 1960-yillarda, hali kompyuter texnologiyalari 
rivojlanmagan davrda yashayapsiz. Siz ishlayotgan vazirlikka davlat tomonidan 
mavjud tabiiy resurslar toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda 
tabiiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash vazifasi 
yuklatilgan boʻlsin. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish uchun, 
avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar 
va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi. 
Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu 
ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur.
Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada 
boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha paytda 
geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari 
takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish 
davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, 
mutaxassislar ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf 
qilish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalari yordamida 
avtomatlashgan tizim – 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə