T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
17 
Relyefning raqamli modeli 
(
Digital Terrain Model 
– DTM; 
Digital 
Elevation Model
– DEM). Ushbu model ingliz tilida 
Digital Terrain Elevation 
Data
(DTED) deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining 
uch oʻlchamli koʻrinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari
koordinatalari, gorizontallar va konturlarning yigʻindisini hisobga olib aks 
ettiriladi. Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu 
rastr tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda koʻp qirrali yuzaning 
taxminiy relyefini balandlik otmetkalari boʻyicha bogʻlangan tarzda tasvirlashdir. 
DEM yaratish uchun topografik kartalar, aero- va kosmik tasvirlar, sun’iy 
yoʻldosh ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi.
 
Vektor format
deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga 
ega boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi. 
 
Rastr format 
deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar 
koʻrinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr 
– bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro 
bogʻlanmagan xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir. 
Elektron kartalar
– bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash 
va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda 
dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar 
raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib 
yaratiladi. 
Stereoskop

 
bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni 
koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma. 
Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni 
birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. 
Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar 
orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni 
koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi.
Bunday 
asboblar 
turlicha 
boʻladi. 
Raqamli 
fotogrammetriyada 
stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə