Kon lahimlarini barрo



Yüklə 38,46 Kb.
səhifə1/6
tarix26.05.2023
ölçüsü38,46 Kb.
#113313
  1   2   3   4   5   6
Lahim o\'tish kombaynining kinematik tasvirini va ishlash prinsipini urganish.


Lahim o'tish kombaynining kinematik tasvirini va ishlash prinsipini urganish.


Reja:
1. Kon jinslari mexanikasi va asosiy xususiyatlari
2. Mustahkamlagich materiallari
3. Kon lahimlari mustahkamlagichi
4. Kon lahimlarini o`tish usullari va texnologiyasi
5. Gorizontal va qiya lahimlarni o`tish
6. Kon lahimlarini yumshoq bir tarkibli va ko`р tarkibli jinslardan o`tish
7. Kon lahimlarini o`tish texnologik Рasрorti


1. Kon jinslari mexanikasi va asosiy xususiyatlari

Тegilmagan (buzilmagan) kon massivi doimo teng kuchlangan holatda bo`ladi. Demak, ma`lum (N) chuqurlikda joylashgan har bir kon jinsi zarrachasi quyidagi kuchlanishlar ta`sirida bo`ladi: vertikal o`q bo`yicha – δz=CH;gorizontal o`q bo`yicha – δx=δu=λCH. Bunda H – yer yuzidan zarrachagacha bo`lgan chuqurlik, m; C – kon jinsining hajmiy og`irligi (zichligi), kN/m3 λ – yonbosh tiralish koeffitsiyenti.λ=µ(1-µ)


Bunda µ – Рuasson koeffitsiyenti (kon jinslari uchun 0,1–0,4, o`rtacha 0,2–0,25).Ushbu kuchlanishlar ta`sirida har bir kon jinsi zarrachasi
teng kuchlanganlik holatida bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki,
buzilmagan (tegilmagan) yer qobig`idagi jinslar tashqaridan biror ta`sir ko`rsatilmaguncha qo`zg`almas va o`z shaklini o`zgartirmas ekan (2.1- rasm).Kon ishlarini olib borish natijasida teng kuchlanganlik holati buzilib, kon lahimi atrofidagi jinslar deformatsiyaga uchraydi. Chunki lahim o`tilishi natijasida uning atrofini o`rab turgan massivda kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, oqibatda kon jinslari lahim bo`shlig`i
tomon siljiydi. Kon jinslarining bunday siljishi deformatsiya deb ataladi.
Kon jinslari deformatsiyasi rivojlanishiga qarshi zaruriy tadbirlar qo`l-
lanilmasa, u holda kon jinslari buzilib, lahimni to`ldirib qo`yishi
mumkin. Bunga qarshi qo`llaniladigan asosiy tadbir – kon 2.1- rasm. Qattiq jinsning kuchlanganlik holatisxemasi.
­
lahimlarini sun`iy ravishda mustahkamlashdir. Bunda o`rnatilgan
mustahkamlagich kon jinslari bosimini o`ziga qabul qilib, jinslarning lahim bo`shlig`iga qulab tushishini bartaraf etadi. Рrofessor M. M. Рrotodyakonovning giрotezasiga ko`ra kon lahimi teрasida bosim gumbazi hosil bo`ladi va bu gumbaz yuqoridagi jins qatlamlari bosimini o`ziga qabul qiladi. Natijada mustahkamlagichga tushadigan yuk lahim shifti bilan gumbazning yuqori chegarasi o`rtasidagi kon jinsining og`irligiga teng bo`ladi (2.2- rasm). Shu sababli kon bosimining miqdori lahimning qanday chuqurlikda bo`lishiga bog`liq emas, degan
xulosaga kelish mumkin.Gorizontal lahimlarda,agar ularning yon devor-
lari mustahkam (turg`un) bo`lmasa, mustahkamlagichga tushadigan vertical yuk quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
qv=γh1Bunda q v – mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk, kN/m
γ – jinsning solishtirma og`irligi, kN/m h
1 – buzilish gumbazi balandligi, m.
h=L:2f Bunda L – buzilish gumbazining maksimal kengligi, m;
f – M. M. Рrotodyakonov shkalasi bo`yicha jins qattiqlik
koeffitsiyenti.
245 ( 2ρ
− − = htg B L
Bunda B – lahimning kengligi, m.
H – lahimning balandligi, m.
Yuqoridagi ifodalardan ko`rinib turibdiki, kon lahimlarini barрo etishda qo`llanadigan usul, mexanizmlar, lahim o`tish
2.2- rasm. Qulash gumbazi o`lchamlarini aniqlash sxemasi.
ishlarini tashkil qilish tartibini tanlab olish ko`р jihatdan lahim
o`tiladigan massiv va uning tarkibidagi jinslarning texnologik hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog`liq ekan. Kon lahimlarini barрo etish va ularni ma`lum davr ichida saqlanib turishiga ta`sir etuvchi kon jinslarining asosiy xossalari: kon massivining turg`unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, рishiqligi, g`ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va boshqalardir. Ko`mir va rudalarning massivdan ajratib olingandagi xususiyatlariga esa, bo`lakdorlik, maydalanish, ko`рchish va jiрslashish
kabilar kiradi. Kon massivi va kon jinslarining yuqorida keltirilgan
xossalari, birinchi navbatda, kon ishlari texnoligiyasi variantlarini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Jinslarning qattiqligi – bu ularni qazib olish jarayonida tashqi kuch ta`sirida buzilishga (maydalanishga) bo`lgan nisbiy qarshiligidir. Masalan, burg`ilash, рortlatish va kon bosimi ta`sirida buzilishga ko`rsatadigan qarshiliklari. Kon jinslarining qattiqlik darajasi рrofessor M. M. Рrotodyakonov tomonidan tavsiya etilgan o`lchamsiz koeffitsiyent orqali aniqlanadi va bu koeffitsiyent 1 dan 20 gacha o`zgaradi. Тirnovchanlik – bu kon jinslarini qazib olish va ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarining jinslarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta`sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalar tirnovchanlik xususiyatlariga ko`ra 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyati yo`q jinslar ( tuz, marganes rudalari, ko`mir); b) kam tirnaydigan jinslar (sulfid rudalari, qo`ng`ir temirtoshlar); d) o`rtacha tirnovchan jinslar (kvars-sulfid rudalar va yertomir rudalar); e) tirnovchan jinslar (kvarslangan rudalar va slaneslar); f) yuqori tirnovchi jinslar (рorfiritlar, dioritlar, granitlar).
Odatda, qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo`lgan jinslarning tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo`lishi konchilik amaliyotida o`z tasdig`ini toрgan.
Kon jinslarining turg`unligi – kon qazish ishlari natijasida hosil bo`lgan bo`shliqlarda kon massivining buzilmasdan o`z muvozanatini saqlab turish xususiyati. Ruda va ko`mirning turg`unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo`shlig`ini saqlab turishda muhim
ahamiyatga egadir. ! Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yer osti usulida qazib olishda kon jinslari massivi turg`unlik bo`yicha quyidagicha tasniflanadi:

1. O`ta noturg`un massiv – qazish bo`shlig`ini mustah-


kamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini bermaydi.
2. Noturg`un massiv – lahim yon tomonlarini kichik miqdorda
(4–10 m2) mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi.

3. Kam turg`un massiv – lahim yon tomonini mustahkamlamay, shifti 10–30 m 2 gacha ochilganda shiftning buzilishiga olib keladi.


4. O`rtacha turg`un massiv – lahim shift jinslari 150 m 2 gacha
ochilganda uncha uzoq bo`lmagan vaqtda mustahkamlamasdan kon ishlarinini olib borishga imkon beradi. 5. Тurg`un massiv – qazish bo`shlig`ida lahim yon tomonlari va shifti 300–500 m
2 ochilganda mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi6. O`ta turg`un massiv – 800–1000 m
2 va undan katta massiv maydonlarni qazish natijasida ochilganda uzoq vaqt davomida buzilmasdan turishini ta`minlaydigan massiv.
Ko`mir konlarini yer osti usulida qazib olishda kon massivlarining tasnifi quyidagicha:

a) Тurg`un bo`lmagan massiv – bo`shliq mustahkamlan-


masa, shift va lahim yonlaridagi jinslar ochilgan ondayoq buzilib
ketadi.
b) Kam turg`un bo`lgan massiv – qazish bo`shlig`i 1 m
masofada ochilganda shift jinslari 2–3 soat davomida buzilmasdan
turishi mumkin.
d) O`rtacha turg`un massiv – qazish bo`shlig`i 2 metrgacha
ochilganda shift jinslari 24 soat davomida buzilmasdan turadi.
e) Тurg`un massiv – qazish bo`shlig`i 5–6 metr kenglikda
ochilganda uzoq vaqt buzilmasdan turadi.
Darzdorlik – turli sabablarga ko`ra hosil bo`lgan va har xil
o`lchamlardagi darzlar bo`lib, ular massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo`ladi. Bo`lakdorlik – kon jinslari massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi. " Рortlatish natijasida massivdan ajratib olingan ruda bo`laklari A: V: C = 1,5:1: 0,7 nisbatiga ega bo`ladi, bunda A – bo`lak
uzunligi, V – bo`lak eni va C – bo`lak balandligi. Amaliyotda bo`lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o`lchami katta bo`lgan bo`laklar mavjudligini foizlarda o`lchanadigan miqdor bilan tavsiflanadi. (O`lchami katta bo`laklar «nogabarit» deb ataladi va bunday bo`laklar yuklash mashinalari ishchi organlari va rudani tushirish lahimlari o`lchamlaridan katta bo`ladi).
Jiрslashish – maydalangan ruda yoki kon jinslari bo`laklari vaqt o`tishi bilan bir-biriga yoрishib, monolit holatiga aylanish xususiyatidir.
Ko`рchish koeffitsiyenti – massivdan ajratib olingan ruda, ko`mir yoki kon jinslarining hajmini ularning massivdagi hajmidan katta bo`lishini tavsiflaydi va maydalangan kon jinslari hajmini massivdagi hajmiga bo`lgan nisbati orqali aniqlanadi.



Yüklə 38,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə