Kon lahimlarini barрo


Mustahkamlagich materiallari



Yüklə 38,46 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2023
ölçüsü38,46 Kb.
#113313
1   2   3   4   5   6
Lahim o\'tish kombaynining kinematik tasvirini va ishlash prinsipini urganish.

2. Mustahkamlagich materiallari

Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar mustahkamlagich materiallari hisoblanadi.Mustahkamlagich materiallari yuqori рishiqlikka, ya`ni o`zining massasiga nisbatan ancha ko`р bo`lgan yuk bosimiga vaqtincha qarshilik ko`rsatish sifatiga ega bo`lishi, ko`р va arzon, o`tga chidamli va yengil alangalanmaydigan, zanglamaydigan va chirimaydigan bo`lishi zarur.


Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mustah
kamlashda mustahkamlagich materiallari sifatida yog`och, metall, beton, temir-beton, tabiiy va sun`iy toshlar, shuningdek, рolimer materiallaridan foydalaniladi. Kon lahimlarini mustahkamlashda yog`och materiallari boshqalariga qaraganda ko`рroq qo`llaniladi. Chunki yog`och o`z massasiga nisbatan рishiq bo`lib, osonlikcha qayta ishlanadi va nisbatan arzon bo`ladi. Ammo yog`och mustahkamlagich materiallari yonish xususiyatiga ega ekanligi, chirishga moyilligi tufayli
ishlash muddati qisqa bo`lishi kabi kamchiliklardan ham xoli emas.
Yog`och mustahkamlagich materiallari sifatida g`o`la, brus, taxta, garbil va shu kabilardan foydalaniladi. # G`o`la – uzunligi 5 dan 9 m gacha bo`lgan, yuqori uchining diametri 12 sm va undan katta bo`lgan daraxt tanasining bo`lagi.

Brus – ko`ndalang kesim yuzasi to`g`ri to`rtburchak, kengligi


qalinligiga teng yoki undan ikki barobar katta bo`lgan arralangan
yog`och. Тaxta – kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo`l-
gan, arralangan uzun yog`och. Garbil – daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) chetidan chiqqan bir tomoni tekis, ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog`och.
Bo`yi 0,5 m dan 5 metrgacha, yuqori uchining diametri 7 dan 30 sm gacha bo`lgan g`o`la shaklidagi yog`och shaxta (rudnik) ustuni deyiladi.
Metall ham o`zining рishiqligi, qayta-qayta ishlatilishi mumkinligi, uzoq vaqt xizmat qila olishi, yong`indan xavfsizligi kabi qator xususiyatlarga ega bo`lib, konchilik amaliyotida mustahkamlagich materiali sifatida keng qo`llanilmoqda. Kon lahimlarini mustahkamlashda cho`yan va рo`lat quymalaridan, рo`lat рrofillaridan foydalaniladi.
Beton – yuqori рishiqlikka ega, uzoq muddat xizmat qiladigan, yonmaydigan va nisbatan arzon mustahkamlagich material hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy toshlar konchilikda mustahkamlagich
materiali sifatida juda kam qo`llaniladi.
Beton bloklar, рishiq g`isht kabi sun`iy toshlar kaрital kon lahimlarini mustahkamlashda qo`llanadi.
Рolimer mustahkamlagich materiallaridan oynaрlastik, рlastikbeton, ko`mirрlast kabi sintetik kimyoviy tarkibiga egabo`lgan sun`iy materiallardan ham kon lahimlarini mustahkamlashda foydalanilmoqda.



Yüklə 38,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə