Ma’ruza № konni shamollatish. Reja: 1



Yüklə 455,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü455,44 Kb.
#137633
  1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza № konni shamollatish. Reja



MA’RUZA № 8.
 
KONNI SHAMOLLATISH. 
 
Reja: 
1.
 
Kon ventilyatsiyasi. Shaxtani shamollatish. 
2.
 
Ventilyatorlar va ventilyatsion inshootlar.
3.
 
Tayyorlov laxmlarini ularni o’tish vaqtida shamollatish. 
4.
 
Shaxtalarda chang ventilyatsiyasi xizmati. 
5.
 
Shaxta va rudniklar ventilyatsiyasini shamollatish. 
6.
 
Shamollatish sxemasini tanlash. 
Tayanch iboralar
: ventilyatorlar, markazdan qochma ventilyator, oqiy ventilyator, ketma-ket, 
parallel, diagonal va kombinatsiyalashgan, qanotchali anemometr, depressiometr
Havoning hajmiy og’irligi, qattiqligi, issiqlik sig’imi va qayishqoqligi mavjud bo’ladi.
Shaxtada havoning harakati ikkita punkt orasidagi bosimlar va og’irlik farqini hosil qilish 
natijasida sodir bo’ladi. 
Kon laxmining ikkita punkti orasida punktlardan biridagi bosimning kamayishi natijasida 
hosil qilingan bosimlar farqi dispersiya deyiladi va kg/m
2
yoki mm.suv.ust. Larda ifodalanadi.
Kon laxmining ikkita punkti orasida punktlardan biridagi bosimning ortishi natijasida hosil 
qilingan bosimlar farqi kompressiya deyiladi va mm.suv.ust. Larda ifodalanadi. 
Havoning laxmlar bo’ylab harakatiga ko’rsatuvchi qarshilik havoning laxm devorlarida 
tirtashi; mahalliy qarshilik; to’g’ridan ko’rsatiladigan bosim va boshqalarning to’planganishidan 
hosil bo’ladi.
Havoning laxmlardagi harakatida ko’rsatiladigan qarshiliklarni yengish qarshilik qonuni 
yordamida amalga oshiriladi.
Havo harakatining laminar va turbulent rejimlari farqlanadi. Laminar harakatda havo 
oqimining alohida oqimchalari bir-biriga aralashmaydi. Havoning laminar harakati faqatgina 
havo oqimi tezligining belgilangan oralig’ida bo’ladi. Tezlikning oshishi bilan havooqimining 
harakati laminar rejimdan turbulent rejimga o’tadi. Turbulent harakatda havo oqimining alohida 
oqimchalari ko’ndalang yo’nalish bo’yicha uzluksiz bir-biri bilan aralashib turadi. Kon 
laxmlarini shamollatishda asosan havo turbulent rejimda harakatlanadi.
Mahalliy qarshiliklar laxmning belgilangan joylarigagina to’g’ri keladi. Bunga laxmning 
turli burilish joylari va ventilyatorlarning kanallari, laxmning kengaytirish va toraytirish joylari 
kiradi. 
Laxmning umumiy qarshiligini aniqlashda barcha turdagi qarshiliklarni alohida hisoblash 
juda murakkab. Shuning uchun shartli ravishda hisoblanadi.
Kon laxmining qarshiligi undan havo o’tayotganda minimal bo’lishi kerak. Bunga 
aerodinamik qarshilik koeffitsiyentini turli usullarni qo’llab pasaytirish orqali erishish mumkin. 
Aerodinamik qarshilik koeffitsiyentini pasaytirish usullari kon laxmi devorlarining g’adir-
budirligini kamaytirish, mustahkamlagichlar shaklini silliqlashga asoslangan. Metal yoki 
temirbeton mustahkamlagichlar bilan mustahkamlangan kon laxmlarida mustahkamlagichning 
alohida komplektlari orasidagi bo’shliqlarni to’ldirish hisobiga laxmning qarshiligi sezilarli 
pasayadi. Shaxta svollari uchun koeffitsiyentni pasaytirishga stvol armirovkalariga silliqlik 
berish bilan erishiladi.
Har qanday laxmning qarshiligini pasaytirishning samarali vositasi laxm ko’ndalang kesim 
yuzasini kattalashtirish hisoblanadi. 



Yüklə 455,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə