Ma’ruza № konni shamollatish. Reja: 1



Yüklə 455,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü455,44 Kb.
#137633
1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza № konni shamollatish. Reja

8.2- rasm. Ventilyatorlar: 
А — markazdan qochma; б — o’qiy 
Markazdan qochma ventilyator (19.1 a rasm) da ishchi g’ildirakning aylanishida o’zining 
kuraklari bilan g’ildirak markaziga so’ruvchi tirqishdan tushganhavoni ushlab oladi va uni 
periferiyaga va keyin diffuzor orqali atmosferaga chiqarib tashlaydi. Markazdan qochma 
ventilyatorlarning ishchi g’ildiraklarining diametri 1,45 m dan 5,0 m gacha bo’ladi. Bunday 
ventilyatorlar 475 mm.suv.ust. Gacha depressiyani hosil qiladi.
 
O’qiy ventilyator (19.1 b rasm) ishchi g’ildiragining aylanishida kuraklari bilan havoga 
zarba beradi va uni ishchi g’ildirakdan to’g’rilovchi apparat va diffuzor orqali atmosferaga 
chiqarib yuboradi. 
O’qiy ventilyatorlar ishchi g’ildiragining diametri 1,2 dan 2,8 m gacha bo’ladi. Bunday 
ventilyatorlar 110 dan 330 mm.suv.ust. Gacha depressiya hosil hosil qiladi.
Ventilyatorlar odatda havoni so’rish bilan ishlaydi. Bunda yer yuzasidan havo boshqa 
shaxta stvoli orqali chiqib ketishga harakat qiladi. Ventilyatorlar uzluksiz ishlaganligi tufayli yer 
osti laxmlaridan qayta ishlangan havo uzluksiz so’rib olinaveradi va uzluksiz toza havo oqimi 
ta’minlanadi. Gazsiz shaxtalarda, shuningdek gazli shaxtalarning ilk gorizontlarida siqib 
chiqaruvchi shamollatishga yo’l qo’yiladi. Bunda havo kon laxmlaridan siqib chiqariladi. Bunda 
kon laxmlarida qandaydir kompressiya hosil bo’ladi. Gazli shaxtalarda ventilyatorlar havoni 
so’rib olib ishlaydi.
Gazli shaxtalarda ventilyatsion uskunalar ikkita mustaqil ventilyatorlardan tashkil topgan 
bo’ladi: bunda bitta ventilyator ishda bo’ladi, ikkinchisi esa zaxirada turadi. Gazsiz shaxtalarda 
zaxiradagi dvigatelli bitta ventilyator qurilmasi ishlashiga ruxsat etiladi.


Alohida hollarda, masalan, insonlarni qutqarish zaruriyati bo’lganda yong’in va portlash 
holatlarida kon laxmlarida havo harakati yo’nalishini o’zgartirishga ruxsat etiladi. Havo 
yo’nalishini o’zgartirish kanal tizimlari va qopqoqlar hisobiga amalga oshiriladi. O’qiy 
ventilyatorlarda yo’nalishni o’zgartirish uning ishchi g’ildiragining yo’nalishini o’zgartirish 
bilan amalga oshiriladi.
Ventilyatorning har bir turi individual xarakteristikaga ega. Bunda ventilyatorning 
depressiyasi undan o’tuvchi havoning miqdoriga bog’liq ravishda grafik tasvirlanadi. 
Ventilyatorning individual xarakteristikasi uning ishchi g’ildiragining aylanishlar sonidan 
olinadi. Ventilyatorning aylanishlar soni oshishi bilan xaraktrtistikasi yuqoriga va o’ngga 
ko’chiriladi, kamayishida – chapga va pastga ko’chadi. 
Shaxtaning ishlash davrida uning ish quvvati o’zgarishi yoki gaz ajralib chiqishi bilan 
shaxtaga uzatiladigan umumiy havo miqdorini o’zgartirish zaruriyati tug’iladi. Bu masala 
ventilyatorning ishchi g’ildiragi aylanishlar sonini o’zgartirish, kon laxmlarining qarshiligini 
o’zgartirish va bu ikki usulni birlashtirgan holda hal qilish mumkin, o’qiy ventilyatorlarda esa – 
ishchi g’ildirakning kuraklari o’rnatilish burchagini o’zgartirish kifoya.
Havoni alohida oqimlar bo’yicha taqsimlash zarurati bo’lganda laxmlarga to’siqlar yoki 
oynali eshiklar o’rnatiladi. 
Ventilyatsion eshiklar shunday hisoblab qo’yiladiki, u orqali odamlar, elektrovoz sostavlari 
o’tkazilganda ventilyatsion oqimda tutashib qolishlar yoki havoning oqib ketish holatlari 
bo’lmasligi kerak. Buning uchun bir-biridan qandaydir masofada joylashgan ikkita eshik 
o’rnatiladi. Ular orasidagi masofa vagonchalar sostavining uzunligidan birmuncha ortiq bo’ladi. 
Eshiklarni ochish va yopish avtomatlashtirilgan bo’lishi kerak. Toza havo uzatiladigan va 
zararlangan havo chiqarib yuboriladigan laxmlarning kesishish punktlarida ventilyatsion 
ko’priklar (krossinglar) o’rnatiladi.
Ventilyator uskunalarini avtomatik va masofadan boshqarish. 
Ventilyator uskunalarini avtomatik va masofadan boshqarish maxsus apparaturalar orqali 
amalga oshiriladi. Ushbu apparaturalar masofadan turib ventilyator dvigatellarini ishlatishi va 
to’xtatishi, ularni masofadan boshqarishi, samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishi mumkin 
bo’ladi. Bunda ventilyator uskunalari ishining odatdagi holatining buzilganligi haqida 
ogohlantiruvchi yorug’lik va tovush signallari o’rnatiladi.
Ventilyator uskunalarini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kon atmosferasini doimiy 
boshqarishni avtomatlashtirish bo’yicha izlanishlar olib boriladi. Bunda havoni avtomatik 
birxillashtirish tizimiga ma’lumotlarning uzluksiz kelib tushishi va uzatilishi ta’minlanishi talab 
qilinadi. Masalan, kon laxmlaridagi metan konsentratsiyasi haqida ma’lumotni uzluksiz 
uzatilishining manbai bo’lib metan yig’ilishi mumkin bo’lgan joylarda o’rnatilgan maxsus 
datchiklar xizmat qiladi. Kon atmosferasi holatini doimiy ro’yxatga olib, ular avtomatik 
boshqarish tizmiga ma’lumot yuboradi.
Shaxtani shamollatishni avtomatik boshqarish gazga xavfli bo’lgan shaxtalardagi elektr 
energiyasini keng qo’llash imkonini beradi. Bunda chang ventilyatsiyasi shtati sezilarli kamayadi 
va katta tejamkorlikka erishiladi.
Ventilyatsion oqimning teleavtomatik tizimi ishlab chiqilmoqda. Teleavtomatik tizim 
shaxta zaboylari va uchastkalaridagi ma’lumotlarni to’plashni ko’zda tutadi. 

Yüklə 455,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə