20 to‘rayev dilshodjon ermonqul o‘G‘LI



Yüklə 362,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix26.05.2022
ölçüsü362,75 Kb.
#87960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiyot nazariyasi Oraliq nazorat ishi To\'rayev D.E.



20 TO‘RAYEV DILSHODJON ERMONQUL O‘G‘LI 
1.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. “Ergashish” va “inkor etish” 
holatlari. 
2.
Narx bo’yicha etakchilik. Narx siyosati va uni O’zbekistonda amalga oshirish 
xususiyatlari.
3.
Narxlarni erkinlashtirish yo’llari va bosqichlari. 
Javoblar. 
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. 
Oligopoliya sharoitida 
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qo’llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish» 
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha qilingan 
o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan 
ham ergashish, ya’ni shunday o’zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o’z 
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini 
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham 
narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro’y berib, bozordagi 
ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara bermaydi. 
«Inkor etish» 
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo’yicha 
qilingan o’zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar 
tomonidan inkor etish, ya’ni hech qanday javob o’zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. 
Ko’pincha bunday holat oligopolist tomonidan o’z tovariga narxni oshirgan 
chog’ida ro’y beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. 
Natijada, narxni oshirgan oligopolist o’z iste’molchilarini yo’qotib, bozordan siqib 
chiqariladi. Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab 
egri chizig’i «siniq egri chiziq» ko’rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni 
birinchi bo’lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab 
bergan. 

Yüklə 362,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə