20 to‘rayev dilshodjon ermonqul o‘G‘LI


Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri



Yüklə 362,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix26.05.2022
ölçüsü362,75 Kb.
#87960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiyot nazariyasi Oraliq nazorat ishi To\'rayev D.E.

Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri 
chizig’ining «sinishi» 
 
 
 
 
 
 


Chizmadan ko’rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri 
chizig’i D1D1 ko’rinishida bo’lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar 
edi. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o’stirib, 
mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko’zda tutilar edi. Biroq, boshqa 
oligopolistlarning «ergashish» xatti- harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o’z 
tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig’ining «sinishi» ro’y berib, u 
endi D1ED2 ko’rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani 
holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o’z foydalarining ma’lum bir qismini 
yo’qotadilar. Oligopolist-firma o’z tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda 
qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri 
chizig’i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D3ED1 
ko’rinishini oladi. Agar boshqa 
oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning 
tovariga bo’lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo’lsa, bunday xatti-
harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, 
ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib ketadi. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab 
chiqaruvchilar narxni ko’proq o’zaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar. 
O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan 
«narx 
bo’yicha etakchilik» 
xatti-harakati keng qo’llaniladi. Bu xatti-harakat narx 
vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-
firmalarning narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda etakchi oligopolist-firmaga 
ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida 
maydonga tushadi. Narx bo’yicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy 
jihatdan ancha ustun bo’lsada, u o’zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq 
o’tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi-firma 
boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Bu 
manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me’yordagi foydani ta’minlash, 
mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi. Agar 
talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishi natijasida bozor narxi 
oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay qolsa, 
etakchi firma darhol narxlarni o’zgartirishi lozim bo’ladi.

Yüklə 362,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə