Ma’ruza № konni shamollatish. Reja: 1


Kon laxmlari va ularni o’tish ishlari mahalliy shamollatish ventilyatorlari orqali



Yüklə 455,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü455,44 Kb.
#137633
1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza № konni shamollatish. Reja

Kon laxmlari va ularni o’tish ishlari mahalliy shamollatish ventilyatorlari orqali 
amalga oshiriladi. 


Mahalliy shamollatish ventilyatorlarini qo’llab shamollatish asosiy usul hisoblanadi. 
Bunda tayyorlov laxmlari zaboylarini shamollatish
 
zaboyga toza havoni haydash, ishlatilgan 
havoni uzluksiz so’rib olishorqali amalga oshiriladi.
Amaliyotda eng ko’p shamollatishning haydash usuli qo’llaniladi.
Xavfsizlik qoidalariga binoan ko’mir va slanes shaxtalarida quvurlar oxirlari zaboydan 8 
m, tayyorlov laxmlarida 15-20 m dank am bo’lmasligi kerak.
Quvurlar diametri shunday hisoblab tanlanadiki, bunda quvurlardagi havoning tezligi 10-
15 m/sek dan, depressiya esa – 250 mm.suv.ust dan oshib ketmasligi kerak. Tayyorlov laxmlari 
zaboylarini umumshaxta depressiyalari hisobiga shamollatish uchun chegaralar va to’siqlar yoki 
quvurlar o’rnatiladi. (19.3 b rasm)
8.3- rasm. Tayyorlov laxmlari zaboylarini shamollatish 
Siqilgan havo yordamida shamollatish ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Bu qurilma 
havoni quvurga so’rish uchun siqilgan havo energiyasini qo’llashga imkon yaratadi. Ular berk 
laxmlarni shamollatishda qo’llaniladi.
Tayyorlov laxmlarini shamollatish uchun mahalliy shamollatish ventilyatorlari qo’llaniladi. 
Bunday ventilyatorlarni o’rnatish va ishlash rejimi xavfsizlik qoidalariga binoan belgilanadi va 
maxsus loyihalarda ko’rib chiqiladi. Oxirgi yillarda mahalliy shamollatish ventilyatorlarini 
masofadan boshqarishga o’tilmoqda. Mahalliy shamollatish ventilyatorlarining sxemalari va 
apparaturalari ventilyator to’xtaganda, ventilyatsion quvurlar yorilganda va havo uzatilishi 
kamayganda elektr energiyasi uzatilishini to’xtatishni ko’zda tutadi. 
Shaxta kon laxmlarini shamollatish unda ishlagan davrda uzluksiz olib boriladi.
Shamollatishning buzilishi kon laxmlaridagi sanitary-gigiyenik ish sharoitining va ish 
sharoitining xavfsizligining yomonlashishiga sabab bo’ladi. Shaxtada ishlash davrida laxmning 
uzunligi, ko’ndang kesim yuzi va shamollatish sxemalari uzluksiz o’zgarib turadi. Shuning 
uchun shaxtalarda chang ventilyatsiya xizmati yaxshi tashkillashtirilgan bo’lishi kerak.
Har bir shaxtada har kvatralda ventilyatsion planlar tuziladi, bunda planlar shaxtada yuz 
bergan o’zgarishlarga mos har oyda o’zgartirilib turiladi. Havo bosimini nazorat qilish 
o’ziyozuvchi uskunalar – barograflar orqali amalga oshiriladi. Depressiyani o’lchash uchun turli 


mikromanometrlar (depressiometrlar) qo’llaniladi. Shishadan tayyorlangan U simon quvurchali 
suyuqlikli depressiometrlar eng keng tarqalgan.

Yüklə 455,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə