Ma’ruza № konni shamollatish. Reja: 1


Tayyorlov va qazish laxmlarini shamollatish kon laxmlarining murakkab tizimi



Yüklə 455,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü455,44 Kb.
#137633
1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza № konni shamollatish. Reja

Tayyorlov va qazish laxmlarini shamollatish kon laxmlarining murakkab tizimi 
orqali amalga oshiriladi.
Har bir alohida laxmning qarshiliklari bo’yicha kon laxmlari 
tizimining umumiy qarshiligini aniqlash orqali har bir alohida laxmning qarshiliklari bitta 
umumiy qarshilik bilan almashtiriladi. 
Havoning berilgan miqdorida kon laxmlari tizimining umumiy dipressiyasi shamollatish 
uchun zarur va kon laxmlarining umumiy qarshiligi bilan aniqlanadi. 
Kon laxmlari tutashishining quyidagi asosiy sxemalari mavjud: ketme-ket, parallel, 
diagonal va kombinatsiyalashgan (19-rasm). 
8.1- rasm. Laxmlarning tutashish sxemalari: 
А — ketma-ket; б — parallel; в — diagonal 
 
Laxmlarning 
ketma-ket 
tutashtirish deb ventilyatsion oqim tarmoqlanmasdan bir kon 
laxmidan boshqasiga ketma-ket uzatiladi. 
Parallel
tutashish deb ikki yoki bir nechta laxm bir punktda ajralib, boshqasida 
birlashtiriladi. 
Diagonal 
tutashishda ikkita parallel laxm bir-biri bilan tutashadi, boshlanish yoki 
oxirgi punktlardan tashqari yana bir yoki bir nechta kon laxmlari diagonal deb ataladi. Bitta laxm 
bilan tutashish oddiy, bir nechtasi bilan esa – murakkab deyiladi. 
Shaxtada kon laxmlarini shamollatish havoning uzluksiz ko’chishi hisobiga amalga 
oshiriladi. Stvollardan biriga tushgan toza havo kon laxmlari bo’ylab o’tadi va ikkinchi stvoldan 
yer yuzasiga chiqadi. Havoning bunday harakati sun’iy ravishda ventilyatorlar yordamida yoki 
o’z og’irligi bilan havo haroratining o’zgarishi hisobiga yuz beradi. Tabiiy ventilyatsiya 
ishonchli emas, chunki tabiiy og’irlik depressiyasi bir sutka davomida emas, balki bir yil 
mobaynida ham o’zgarishi mumkin.
Tabbiy ventilyatsiyada har doim shaxtada havo almashishi yuz bermaydigan turg’un 
davrlar bo’lishi mumkin. Shuning uchun shaxtani tabiiy shamollatish deuarli qo’llanilmaydi. 
Shaxtani sun’iy shamollatishdashaxta stvolining germetik yopiq ustida o’rnatilgan 
markazdan qochma va o’qiy ventilyatorlar qo’llaniladi. 



Yüklə 455,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə