T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
18 
koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir. 
Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli 
tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil 
qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni 
bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak 
linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil 
rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir 
joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan 
birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan 
ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra 
olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi.
Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu 
qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli 
fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga 
avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish 
mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har 
bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz 
mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta 
ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil 
qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil 
qilinadi.
Qatlam
– bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami hisoblanib, u 
nuqtaviy, chiziqli, poligonli boʻladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy 
usuli bu kartalardir.
ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin. 
ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna 
kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam koʻrinishida koʻrsatilishi mumkin. 
Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan boʻlib, oʻz 
ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi. 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə