T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
28 
3. Ma’lumotlarni sinxron texnologiyada tasvirlash, bir vaqtning oʻzida 
tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati 
mavjud, hatto bir oynada ma’lumotlarni oʻzgartirish natijasida avtomatik ravishda 
boshqa oynalarda ham oʻzgarish kuzatiladi.
4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Koʻrilayotgan dasturda rastr 
ma’lumotlarini ishga tushirish va geografik proyeksiyalarga bogʻlash yetarli 
darajada sodda keltirilgan. Muhim jihati shundaki, foydalanuvchi kamida 3 ta 
koordinata nuqtalarini bilishi lozim. Hozircha bu dasturda rastr ma’lumotlarini 
burish va choʻzish imkoniyati mavjud emas, ammo bu masalalar ushbu dastur 
foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud.
5. Ma’lumotlarni vizuallashtirish. Bu tartib foydalanuvchiga jadval 
koʻrinishidagi ma’lumotlarni har xil koʻrinishda koʻrsatish imkoniyatini beradi. 
Misol uchun, belgilar, diagramma, rang berilgan maydon va chiziqli obyekt va 
boshqalarni masshtablangan usulda koʻrish mumkin.
Kartada ma’lumotlarni tasvirlashda foydalanuvchi raqam koʻrinishidagi 
ma’lumotlarni emas, balki uning orqasida turgan kartani koʻradi. 
6. 
Geoaxborot 
tahlil 
vositalari. 
ArcView 
dasturida 
bufer 
(loyihalashtirilayotgan) chegarani hosil qilish, ishlab chiqarish obyektlarini 
shakllantirish, obyektlarni hosil qilish va oʻzgartirish, grafik tahrirlash va boshqa 
imkoniyatlarni beradi. 
Foydalanuvchi mavzuli kartalarni hosil qilish, yaratish va saqlash, rang 
berish va parametrlarga bogʻliq holda geografik obyektlarni rasmiylashtirish 
imkoniyatiga ega. 
7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni 
tezkor tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega. 
8. Hisobotlar va nashrlar hosil qilish. ArcView dasturida turli koʻrinishdagi 
printer qurilmalaridan karta boʻlagi, jadval, grafik va yozuv koʻrinishidagi 
hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali 
xulosa nashrga beriladi.



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə