T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
26 
asosida boshqa fanlar, jumladan, matematika, statistika, informatika kabi bilimlar 
bu yerda ham takrorlanadi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarini biz bundan buyon geoaxborot tizimi 
degan tuchunca bilan adashtirmasligimiz zarur. Sababi, GAT 
– 
bu dasturlari turli 
ma’lumot toʻplashga moʻljallangan jihozlardan tashkil topgan tizimdir. Ilmiy 
asoslari deganda esa ma’lum bir fakt, mavzu yoki hodisani tushunishga, uning 
ilmiy jihatlarini oʻrganishga yordam beruvchi fanni tushunishimiz kerak boʻladi.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan dasturiy ta’minotlar 
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga 
boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat: 
1.
Pulli dasturlar.
Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI 
kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional, 
AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, 
Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi. 
2.
Ochiq kodli dasturlar.
Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga 
Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, 
MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, 
TerraView, Whitebox GIS kiradi. 
ArcView dasturiy tizimi. 
ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib, 
bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView 
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida 
yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. 
ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun 
juda qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari 
ma’lum hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni 
koʻrish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida 
ishlab chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim 
va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab 
chiqarish va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va 
kadastr hamda boshqa sohalardir.



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə