T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
29 
9. ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va 
Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha 
tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga 
uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 
tizimlar orqali ham qabul qilinadi.
10. Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan 
biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan 
chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash 
mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri 
ochish mumkin. 
Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi. 
Windows uchun 
moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) 
kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida 
boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi. 
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal 
kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp 
funksiyali axborot kartografik tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 

kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish; 

tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan toʻlaligicha 
foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, koʻp sonli qoʻyilmalar, 
mavzuli kartografiyalash; 

ishchi grafika – doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar; 

Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati 
(S++ va MS Visual Basic); 

rastr loyihalar bilan ishlash; 

fazoviy qidiruv/tahlil – geografik obyektlarni birlashtirish, geografik 
belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish; 

geokodlash – pochta manzili va indeksi boʻyicha izlash, bunda manzil nomi 
toʻliq yoki qisman kiritiladi; 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə