T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
27 
Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham 
tobora oshib boradi. Masalan, ikkinchi avlod vakilida geografik elektron jadvallar 
bilan ishlash, qaror qabul qilish va statistik ma’lumotlarni jadval koʻrinishida 
kiritish imkoniyatlari mavjud boʻlsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va 
modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va 
ishlab chiqarish sohasida ArcView dasturining toʻqqizinchi avlodi ishlatib 
kelinmoqda va u yuqoridagilardan koʻra koʻproq funksiyalar bilan toʻldirilgan 
hamda ishlash tezligi ham oshirilgan.
ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan:

kartalarni yaratish va tahrir qilish; 

kartalarni vizuallashtirish va loyihalash

mavzuli kartalar yaratish

geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish; 

geokodlash;

ma’lumotlar bazasi bilan ishlash; 

karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga oʻtkazish. 
ArcView dasturidan fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanish 
mumkin. Dasturning asosiy xususiyati – jadval koʻrinishida oddiylik bilan ishga 
tushishi, dBASE tipidagi fayllar va server ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni 
tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va tahlil etishdir.
ArcView dasturi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Oʻzlashtirilishi oddiy.
 
ArcView dasturida foydalanuvchi uchun 
tushunarli va qulay interfeys yaratilgan hamda kartografik qayta oʻzgartirish 
berilgan boʻlsa ham u berkitilgan. Operatsiyalar tushunarli va oddiy boʻlib, 
bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Kartografik ish stolini 
oʻzlashtirish uchun bazaviy ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega boʻlish 
lozim. 
2. Ma’lumotlar oynasini 3 xil koʻrinishda va xohlagan miqdorda koʻrish 
mumkin: karta oynasi, roʻyxatlar va grafiklar. 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə