Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
23
mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi
va albatta koordinatalari
bilan.
2.
Sharoit. Qayerda joylashgan?
Ikkinchi savol ham birinchi savolga
oʻxshash, lekin bunga javob berishda fazoviy tahlil talab etiladi. Birinchi
savolda joy aniqlashtirilgan boʻlsa, ikkinchi savolda oʻsha
joyda nima
borligi va qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2
oʻlchamli, qurilishga mos keladigan tuproqli va asosiy avtomobil yoʻlidan
100 m masofada joylashgan maydonni topish).
3.
Tendensiya.
….
dan boshlab nima oʻzgargan?
Uchinchi savol birinchi va
ikkinchi savolni birlashtirib va ularga qoʻshimcha tarzda aniq bir
maydonda aniq vaqt ichida nimalar oʻzgarganligini aniqlaydi.
4.
Strukturalar.
Qanday fazoviy strukturalar mavjud?
Bu
savol birmuncha
murakkabroq. Masalan, atom elektr stansiyasiga yaqin aholi punktlarida
saraton kasalligining asosiy sababi nima, degan
savolni oydinlashtirishda
saraton bilan ogʻrigan bemorlar sonini, qayerda joylashganini va ularga
tegishli boshqa koʻplab sabablarni bilish juda muhim.
5.
Modellashtirish.
Agar …. boʻlsa, nima boʻladi?
Bu savol biror-bir qurilish
yoki masalan, yangi avtomobil yoʻli tarmogʻi oʻtkazilsa,
atrof-muhitga
qanday ta’sir etishini aniqlash uchun beriladi. Albatta, bu kabi savollarni
oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi.
Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha
“
geoinformatika” deb
ham atashadi. “Geoinformatika” uch ildiz: geografiya, informatika va avtomatika
tushunchalaridan tashkil topgan.
Inglizcha adabiyotlarda
“Informatics”,
“Computer Science”
degan tushunchalar bor va u elektron hisoblash texnikasini
takomillashtirish, dasturlash,
amaliy matematika, operatsion tizimlar, sun’iy
intellekt masalalari va boshqa tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Geoinformatika
atamasi 1980-yillar oxiriga kelib yanada ommaviylashdi
va hozirda Geographic
Information System yoki qisqacha GIS atamasi ingliz ilmiy adabiyotining deyarli
barchasida keng qoʻllanilmoqda.
GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM