T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
21 
ta’minot, insoniy resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy 
infratuzilmalardir. 
1.5-rasm.
 
Geoaxborot tizimining muhim tizimlari 
(Manba: Muallif)
Kompyuter tizimi – 
bu geoaxborot tizimini yuritish uchun zarur boʻlgan 
kompyuter va operativ tizimni nazarda tutadi.
 
Odatda bunday operativ dasturlar 
turkumiga Windows, Unix yoki Linux kabilar kiradi. Qoʻshimcha ravishda bu 
tizimga geoaxborot tizimi uchun zarur hisoblangan maxsus monitorlar
digitayzerlar, skanerlar (fazoviy ma’lumotlarni raqamli koʻrinishga keltirish 
uchun), GPS qurilmalar (dala ma’lumotlarini tizimga kiritish uchun), printer va 
plotterlar (ma’lumotni bosmaga chiqarish uchun) kerak boʻladi.
Dasturiy ta’minot – 
geoaxborot tizimi va unda qoʻllaniladigan jihozlarni 
ishlatish uchun zarur boʻlgan dasturlardir. Barcha dasturlar uchun muhim boʻlgan 
jihat bu umumiy interfeys, ya’ni menyu, grafik belgilar, buyruqlar tablosi va 
skriptlardir.
Insoniy resurslar 
– 
geoaxborot tizimining maqsad va vazifalarini aniqlab 
beruvchi malakali geoaxborot tizimi mutaxassislari guruhi va tizimdan 
foydalanuvchilar nazarda tutiladi.
Ma’lumot 
– bu biz uchun muhim sanalgan axborotni yaratish uchun zarur 
boʻladigan va turli xil tizimga kiritiladigan belgilardir. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
22 
Infratuzilma va jarayonlar – 
geoaxborot amallarini bajarish uchun zarur 
boʻladigan moddiy, tashkiliy va boshqaruv jarayonlarini oʻz ichiga oladi. 
Infratuzilma deganda zaruriy malaka, ma’lumot standartlari, ma’lumotni saqlash 
joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi.
 
1.6-rasm.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə