T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
31 
kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni 
faqatgina ArcGIS orqali bajarish mumkin.
MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma’lumotlarni 
tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga 
kiradi. 80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi 
dastur bozorini boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga 
moslashtirilgandan soʻng raqibini yengib oʻtdi. 
MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim 
boshqa dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot 
tizimi dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini 
yaratish va ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir. 
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan: 

ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari; 

geografik obyektlarni izlash; 

kartalarga mavzuli sayqal berish usullari; 

shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari; 

keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi; 

masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda 
qayta ishlash. 
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili 
va nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini
interaktiv yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar 
bazasidan obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda 
tasvirlash jadval, karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tizim 
orqali maxsus geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli 
geodezik masalalarni hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik 
proyeksiyalash, fazoviy ma’lumotlarni birlashtirish mumkin. Dasturdagi maxsus 
MapBasic dasturlash tili orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3, 
dBase dasturlariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin. 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə