T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211
referens-ellipsoid
deyiladi. Bunday ellipsoidning 
sirti geoid sirti bilan faqat yerning qaysidir qismida mukammal darajada mos 
keladi, shuning uchun ham alohida davlat yoki hududlar uchun ishlab chiqilgan 
referens-ellipsoid shakli oʻsha joy uchun aynan mos keladigan sirt hisoblanadi. 
Mamlakat hududida yagona koordinatalar sistemasini joriy etish va geodezik 
oʻlchashlarni amalga oshirish uchun referens-ellipsoidlar qonun bilan 
rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
41 
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida va Oʻzbekistonda
geodezik oʻlchashlarga asos sifatida Krasovskiy referens-ellipsoidi qabul 
qilingan.
2.2-rasm

Ellipsoid 
(Manba: Internet)
Quyida xalqaro va ma’lum bir hududlar uchun qoʻllaniladigan datumlar
toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. 
WGS-84
  (
World Geodetic System, 1984) umumjahon datumi boʻlib, u 
geomarkazlashgan ellipsoidga asoslangan va parametrlari sun’iy yoʻldoshlar 
orqali aniq hisoblangan. Ushbu datum GPS va GNSS tizimlarida hamda AQSH 
hududi uchun asos boʻlib qoʻllaniladi. Ushbu datum boshqa nom bilan 
geomarkazlashgan 
datum 
deb 
ham 
yuritiladi 
va 
hozirgi 
kunda 

geomarkazlashgan yagona datum hisoblanadi.
Pulkovo-42
(SK-42, Koordinata sistemasi, 1942) mahalliy datum 
turkumiga kiradi va Krasovskiy ellipsoidiga (1940) asoslangan boʻlib, MDH 
hududida, jumladan Oʻzbekistonda ham qoʻllaniladi. 
PZ-90
 
(Yer parametrlari, 1990). Mazkur datum ham umumjahon yoki 
global datum turiga kiradi. Chunki hozirgi GNSS turkumida chiqarilayotgan 
tizimlar Rossiyaning GLONASS tizimida ham ishlaydi. Ushbu tizim asosan 
Rossiya Federatsiyasi hududida qoʻllaniladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə