T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
50 
ta’minlash usulini ishlab chiqish zarur. Dastavval, loyiha tadqiqot guruhi 
tomonidan ushbu muammoning birinchi qismi – Kitob-Toshkent tayanch bazisini 
yaratish masalasi yechilgan edi. Nuqtalarning aniqligini baholash maqsadida 
yaratilgan dasturiy ta’minot uchun davlat patenti olingan.
Hozirgi kunda Krasovskiy ellipsoidiga asoslangan tayanch geodezik 
tarmogʻini topogeodezik va geofizik xizmatlar oʻz hisob-kitoblarida ishlatib 
kelmoqdalar. GNSS tizimi WGS-84 Xalqaro balandlik sistemasiga tayanadi, 
shuning uchun koordinata va balandlikni sun’iy yoʻldoshlar yordamida 
aniqlaydigan qabul qilgichlarning ommaviylashishi natijasida ikki xil 
koordinatalar sistemasi orasidagi farq muammosi kun tartibiga chiqdi. Boshqa 
tomondan olganda, Oʻrta Osiyo mintaqasi ham gorizontal, ham vertikal harakatlar 
uchun faol deformatsiyaga ega hisoblanadi. Vertikal siljishlar esa nafaqat 
qatlamlararo deformatsiya, balki atmosfera bosimi va yer namligining ta’siri 
natijasidir.
Ortometrik balandliklarni aniqlash uchun ellipsoid koordinatalardan 
tashqari gravimetrik maydonning yuqori aniqlikka ega boʻlgan koʻpgarmonikalik 
matematik modellari ham kerak boʻladi. Bu usulni yanada rivojlantirish uchun 
loyihada Kitob va Toshkent stansiyalaridan klassik va sun’iy yoʻldoshlar (GNSS, 
DORIS) yordamida olingan koordinatalar oʻzgarishi vaqt qatorlaridan 
foydalanish koʻzda tutilgan. Ionosferada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar 
litosferadagi jarayonlarning indikatori ekanligini hisobga olgan holda, loyihada 
VLF va Super SID asboblari – juda past chastotali elektromagnit toʻlqinlar qabul 
qilgichlari yordamida ionosfera holatini monitoring qilish koʻzda tutilgan. Bu 
nafaqat punktlarning balandligini topish aniqligini yaxshilash, balki ionosferada 
sodir boʻlayotgan jarayonlar va mintaqamizning seysmik faolligi oʻrtasidagi 
korrelatsiyani tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu 
loyiha 
doirasida 
Astronomiya 
institutining 
Maydanak 
observatoriyasida yana bir GNSS stansiya oʻrnatiladi va u kelajakda xalqaro 
geodinamik tarmoqqa kiritiladi. Qoʻyilgan masaladan kelib chiqqan holda, 
loyihaning bir necha asosiy bosqichini sanab oʻtish mumkin: 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə