|
![](/i/favi32.png) T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
48
aniqlangan, deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning afzalligi yer yuzidagi
barcha nuqtalar oʻrnining yagona tizimda aniqlanishidadir.
2.5-rasm.
Geografik koordinatalarning sferik (chapda) va dekart (oʻngda)
koʻrinishi
(Manba: Internet)
2.5.
Gauss-Kryugerning toʻgʻri burchakli koordinata sistemasi
Katta hududlar uchun toʻgʻri burchakli koordinataning zonal sistemasidan
foydalaniladi. Bunda yer shari Grinvich meridianidan boshlab 6
0
li 60 ta
meridian zonalarga boʻlinadi. Har bir zona oʻrtasidan oʻtgan meridian shu
zonaning oʻq meridiani boʻladi. Zonalar raqami Grinvich meridianidan boshlab
gʻarbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH hududiga bu zonalarning 29 tasi (4
dan 32 gacha) toʻgʻri keladi. Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab
boʻlmaganligidan har bir meridian zona alohida-alohida silindr ichiga
joylashtirilib, har bir zonaning oʻq meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib
turadi, deb faraz qilamiz. Soʻngra har bir zonadagi meridian va parallellar
silindrning
ichki
yuzasiga
proyeksiyalanadi,
biroq
bunda
burchaklar
oʻzgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga
proyeksiyalanish qiymatiga teng boʻlishi shart.
Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biror yasovchi boʻyicha
qirqib, soʻngra yoysak, har bir zonaning oʻq meridiani va ekvator boʻlagi toʻgʻri
chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida
tasvirlanadi. Shu hosil boʻlgan proyeksiya
Gauss proyeksiyasi
deb yuritiladi.
X
– abssissa oʻqi,
Y
– ordinata oʻqi,
X
A
va
Y
A
–
A
nuqtaning koordinatalari.
|
|
|