T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
47 
nuqtadan oʻtkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa 
geodezik kenglikni bildiradi. 
Yer ellipsoidining kichik oʻqi orqali boʻylamasiga oʻtkazilgan kesma − 
meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil 
boʻlgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi.
Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish oʻqiga perpendikular 
oʻtkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan 
kesishishidan hosil boʻlgan chiziq parallel deb ataladi. 
Yer ellipsoidi markazidan oʻtkazilgan parallel kesmaga ekvator tekisligi 
deyiladi. 
M
nuqtaning geodezik kengligi 
B
ekvatordan qutblari tomon 0
0
dan 90
0
gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda boʻlsa, uning geodezik kengligi 
shimoliy kenglik (+), janubda boʻlsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik 
uzunlik 
L
geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak boʻlib, bosh 
meridiandan boshlab gʻarbga (+) va sharqqa (-) tomon 0
0
dan 180
0
gacha 
oʻlchanadi. 
Astronomik koordinatalar
.
Yer yuzasidagi nuqtalarning astronomik 
koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa
astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik 
meridiani deganda yerning aylanish oʻqiga parallel qilib oʻtkazilgan tekislikning 
mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi yoʻnalishida yer yuzasi bilan 
kesishishidan hosil boʻlgan chiziq tushuniladi.
Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangʻich deb 
qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil boʻlgan burchak shu 
nuqtaning astronomik uzunligi deyilib, λ bilan belgilanadi. Yer yuzidagi biror 
nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi bilan ekvator tekisligi orasida hosil boʻlgan 
burchak shu nuqtaning astronomik kengligi boʻlib, ϕ bilan belgilanadi. 
Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan 
geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə