T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211
Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar 
yigʻindisidir.
Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov 
natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot 
jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u 
axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda 
ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak-
da, ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli 
boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini 
keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot 
hisoblansa, u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning 
oʻrtacha bahosi, oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan: 

ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha 
ma’lumot qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan 
olamiz; 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
57 

ma’lumot qayta ishlanmagan faktlar, sonlardir, axborot esa qayta 
ishlangan ma’lumotlardir; 

ma’lumot axborotga bogʻliq emas, ammo axborot unga bogʻliq; 

ma’lumot oʻziga xos emas, axborot esa oʻziga xosdir; 

ma’lumot hech qanday ma’no bildirmaydi, axborot esa mantiqiy 
ma’no bildirishi kerak; 

ma’lumot 
xomaki 
material 
hisoblansa, 
axborot 
tayyor 
mahsulotdir.
3.1-rasm
. Qayta ishlanmagan ma’lumot − kosmik surat (a) va qayta ishlangan 
ma’lumot, ya’ni axborot (b) 
(Manba: 
http://www.paulbolstad.net/gisbook.html

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə