T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211
Alohida moslamalar
(
peripherals, peripheral, peripheral devices, 
peripheral
equipment, peripheral unit
) – tashqi moslama, apparat ta’minotining 
tarkibiy qismi boʻlib, asosiy kompyuter blokidan ajralgan holatda boʻladi. 
Alohida moslamalarning asosiy vazifasi bu GATdagi ma’lumotlarni tayyorlash, 
kiritish, saqlash, boshqarish, himoya qilish, tasvirlash va aloqa kanallari orqali 
uzatishdan iborat. Alohida moslamalar turkumiga raqamlovchi skanerlarni, 
moslamalar guruhiga esa grafoqurilma, printerlar, monitor va boshqa qurilmalarni 
kiritish mumkin. Saqlash va arxivlash vositalariga tashqi diskovodlar
strimmerlar, modem va muntazam quvvat ta’minoti (UPS) ni kiritish mumkin. 
Kartalarning razgrafkasi (boʻlinishi) – 
bu koʻp varaqli kartalarni 
boʻlimlarga boʻlish tizimidir. Tizimda toʻgʻri burchakli va trapetsiyali kabi ikki 
xil boʻlinish turi qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchakli razgrafkada kartalar bir xil 
oʻlchamli toʻgʻri burchakli yoki kvadrat varaqlarga boʻlinsa, trapetsiyali turda 
karta trapetsiyalar shaklida boʻlinadi. Bunda varaqlar chegaralari vazifasini 
meridian va parallellar bajaradi. 
Rastr grafikasi – 
kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib, 
bunda asosiy elementni piksel (
pixel – “picture element”
soʻzining qisqartmasi) 
tashkil qiladi.
 
Pikselni oddiygina kvadrat shaklidagi figura sifatida tushunishimiz 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
15 
mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa, 
tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT 
(Database 
management system – 
DBMS
)
– ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va 
foydalanishga moʻljallangan dasturiy vositalar toʻplami. Bu tizimning asosiy 
maqsadi – GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtirish va bosh-
qarishdir. Jumladan, ma’lumotlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin (jadval, 
raqamli tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos 
holda qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu 
boshqa turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle, 
Sybase kabi tizimlardagi oʻzaro ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishdan 
iboratdir. 
Skaner
(
scanner
) –qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik 
tarzda kiritish uchun uni rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3-
rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 – 600 dpi) boʻladi. 
Skanerlar planshetli (
flatbed scanner
), barabanli (
drum scanner
), gʻildirakli 
(
sheetfeed scanner
) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (
handheld scanner
) kabi 
turlarga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. 
Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga oʻrnatilib, Yerning ustki 
qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə