T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi – 
Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib 
borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga 
integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va 
vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan 
axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi.
Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari 
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, 
shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam 
beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan 
oʻzgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni 
aniqlash va ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab 
berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual 
ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda 
GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab 
usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli 
koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar 
orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim 
texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash 
sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining 
ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali 
tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar 
biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga 
kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini 
ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz 
va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə