T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Geoaxborot tizimi 

 bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining 
geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, 
boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan 
mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. 
Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u haqidagi 
muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning zamirida 
yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni 
bosh 
ta’rif
deb qabul qilish mumkin.
Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi 
deganda barcha yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer 
uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, 
joyning huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan 
fazoviy ma’lumotlarni tushunish lozim. 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari

Quyidagi rasmda geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi keltirilgan 
boʻlib, ushbu tizim turli adabiyotlarda yanada batafsilroq yoki soddalashgan 
holda berilgan boʻlishi mumkin.
1.1- rasm. 
Geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi
 (Manba: Internet)
Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi
Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar oʻrtasida Kanadada paydo boʻlib, 
Kanada geografik axborot tizimi (
Canadian Geographic Information System 
CGIS
) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari 
inventarizatsiyasini oʻtkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va 
kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi.
Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi koʻplab ijtimoiy sohalar, 
iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza 
qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qoʻllanilib kelmoqda. Geoaxborot 
tizimi bizning sayyoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: 
kartografiya, 
masofadan 
zondlash, 
statistika, 
kadastr 
ma’lumotlari, 
gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish
burgʻulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integrallashtirgan holda 
hamma 
jabhalarni 
egallab 
kelmoqda. 
Geoaxborot 
tizimini 
kengroq 
rivojlantirishda xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, 
vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda 
xususiy firmalar qatnashmoqdalar.



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə