T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211
2-bob.
 
GEOAXBOROT TIZIMIDA GEOREFERENSLASH VA 
TRANSFORMATSIYALASH 
2.1.
 
Geoaxborot tizimida datum tushunchasi 
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan 
Datum
sferoidning joylashuvini 
Yerning markaziga nisbatan aniqlaydi, ya’ni sferoid va datum bir-biri bilan 
bogʻliq tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi boʻlib Nyuton e’tirof etdi. 
1682- yili u e’lon qilgan nazariya – Butun dunyo tortish qonuniga binoan, Yer oʻz 
oʻqi atrofida ma’lum tezlikda aylanishi tufayli u shar shaklida boʻlmay, balki ikki 
qutblari boʻyicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligi ma’lum qilindi. 
Yerning shakli juda murakkab va oʻziga xos xususiyatga ega. Yerning 
tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, togʻlik va tekislik, tizma togʻ va vodiylardan 
iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda uning 
tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat matematik shakli tushuniladi. Ana shu 
matematik shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir. 
Geoid
– 
okean suvi tinch turgan paytda uning sathi boʻyicha okean quruqligi ostidan 
sathiy yuza oʻtkazilganda hosil boʻladigan yumaloq shakldir. 
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza oʻtkazish mumkin. Sathiy yuza 
oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uning barcha nuqtalarida shovun chizigʻi 
perpendikular yoʻnalgan boʻladi. Bu shakl Yer shakli deb qabul qilingan. Yerning 
shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi, chunki yer 
yuzining koʻp qismi (71%) okean va dengizlar, oz qismi (29%) quruqlikni tashkil 
etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bagʻridagi 
jinslarning joylashishi va zichligiga bogʻliq. Yerning ichki tuzilishi bir xil boʻlsa, 
yer yuzasi silliq boʻlardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi 
uchun geoid yuzasi toʻlqinsimon boʻladi. 
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas, lekin 
olib borilgan geodezik ishlar geoidning aylanma ellipsoidga yaqinligini koʻrsatdi. 
Geoid bilan ellipsoidning bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m 



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə