T. X. Boltayev, Q. Raxmonov, O. M. Akbarov geoaxborot tizimining ilmiy asoslari o’quv qo'llanma Toshkent 2019


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/211
tarix11.12.2023
ölçüsü5,28 Kb.
#148380
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
48 
aniqlangan, deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning afzalligi yer yuzidagi 
barcha nuqtalar oʻrnining yagona tizimda aniqlanishidadir.
2.5-rasm. 
Geografik koordinatalarning sferik (chapda) va dekart (oʻngda) 
koʻrinishi 
(Manba: Internet) 
2.5.
 
Gauss-Kryugerning toʻgʻri burchakli koordinata sistemasi 
Katta hududlar uchun toʻgʻri burchakli koordinataning zonal sistemasidan 
foydalaniladi. Bunda yer shari Grinvich meridianidan boshlab 6
0
li 60 ta 
meridian zonalarga boʻlinadi. Har bir zona oʻrtasidan oʻtgan meridian shu 
zonaning oʻq meridiani boʻladi. Zonalar raqami Grinvich meridianidan boshlab 
gʻarbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH hududiga bu zonalarning 29 tasi (4 
dan 32 gacha) toʻgʻri keladi. Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab 
boʻlmaganligidan har bir meridian zona alohida-alohida silindr ichiga 
joylashtirilib, har bir zonaning oʻq meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib 
turadi, deb faraz qilamiz. Soʻngra har bir zonadagi meridian va parallellar 
silindrning 
ichki 
yuzasiga 
proyeksiyalanadi, 
biroq 
bunda 
burchaklar 
oʻzgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga 
proyeksiyalanish qiymatiga teng boʻlishi shart.
Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biror yasovchi boʻyicha 
qirqib, soʻngra yoysak, har bir zonaning oʻq meridiani va ekvator boʻlagi toʻgʻri 
chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida 
tasvirlanadi. Shu hosil boʻlgan proyeksiya 
Gauss proyeksiyasi
deb yuritiladi. 
X
– abssissa oʻqi,
Y
– ordinata oʻqi, 
X
A
 
va
 Y
A
– 
A
nuqtaning koordinatalari.



Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə