T. Xudayshukurov Biznes – etiket


 Taomlarga vinolarni tanlash



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133756
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009 (2)

12.10. Taomlarga vinolarni tanlash
 
 
Restoranga xamkasb yoki hamkorlarini taklif qilganda yoki ularga 
ziyofat berish maqsadida uyga chaqirganda, biznesmenning jinsidan qat’iy 
nazar, uning oldida muhim bir masala paydo bo’ladi, u ham bo’lsa, 
buyurtma beriladigan yoki mehmonlarga taklif qilinadigan gazak va 
taomlar turiga qarab spirtli ichimliklarni tanlash. 
Esda bo’lsinki, hammaga yoqadigan taomlarni tanlash yoki ularni 
mehmonlarga tayyorlab berish qiyin masala, tanlangan taomlarga yarasha 
spirtli ichimliklarni tanlash esa undan ham og’ir, chunki noto’g’ri 
tanlangan ichimlik taomning sifatini buzib ko’rsatishdan tashqari o’zining 
hidini, ta’mini boshqa sifat ko’rsatkichlarini namoyon qilaolmaydi. 
Muallif 
spirtli 
ichimliklarni 
tanlash 
bo’yicha mutaxassis 
bo’lmaganligi sababli ushbu bandda berilgan tavsiyalar maxsus 
adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan. 
O’tkir salatlarga, kolbasa va dudlangan go’sht va baliq (semga, 
osterina, lasos) gastronomiya mahsulotlariga marinadlangan va tuzlangan 
mahsulotlardan tayyorlangan gazaklarga aroq, achchiq nastoykalar, 
vermut, portveyn, madera, xeres, marsalu kabi o’tkir (kuchli) vinolar 
tavsiya qilinadi. Ushbu vinolarni bulon va boshqa birinchi taomlardan 
keyin ham ichish mumkin. 
Qo’y, mol va cho’chqa go’shtlaridan qovurib tayyorlangan natural 
taomlarga (kabob, antrekot, bifshteks, langet, romshteks, file, eskalop, 
tandir kabob, dimlangan go’sht va sh.o’), qovurilgan jigar, buyrak 
kabilarga hamda go’sht gastronomik mahsulotlariga mukuzani, teliani, 
qizil (spirtli aralashtirilmagan) vino, qizil shampan kabi spirtsiz qizil 
vinolar hamda qizil portveyn beriladi. 
Yog’li go’shtli taomlarga (masalan, palov oshi, shashlik kabi boshqa 
milliy yog’li taomlarga), oshqozon so’laklarini ko’proq ajralib chiqishiga 
imkon beradigan va taomning yog’liligini bildirmaydigan №8 – kaxetin, 
№5 – saperavi, tibiani kabi taxir vinolar tavsiya qilinadi. 
Yovvoyi va uy parrandalari go’shtlaridan tayyorlangan taomlar bilan 
o’rtacha me’yorda so’laklarni ajratib chiqaruvchi kabarne, bardo, matrasa 
kabi vinolar ichilsa, odamga yaxshi ishtaha va kayfiyat kasb etadi. 


108 
Agar restoranga kelganda 
mol va parranda go’shtlaridan 
tayyorlangan ikkita yog’sizroq taomga buyurtma berilgan yoki 
mehmonlarga ularni tayyorlab berish kerak bo’lsa, mol go’shtidan qovurib 
tayyorlangan taomga qizil (spirt aralashtirilmagan) vino, parranda 
go’shtidan tayyorlangan taomga esa xush (suxoye) yoki nimxush 
(polsuxoye) shampan vinosi tavsiya qilinadi. 
Baliqdan tayyorlangan issiq taomlarga odatda risling, sinandali, 
silvaner, fetyasku kabi vinolar beriladi. Ho’l sabzavotlar (bodring, 
pomidor), ko’katlar, gulkaram, yashil no’xat, ichiga qiyma solingan va 
toblab pishirilgan sabzavotlardan hamda qo’ziqorinlardan tayyorlangan 
taomlar xush ta’mli osh vinosi yoki spirtli nim shirin vinolar bilan ichiladi. 
No’xat, loviya yoki xushbuy hidli ko’katlar solingan taomlar bilan 
kaxetin vinolari mos keladi. Bundan tashqari kaxetin vinolari brinza, 
Tushincha, Kobiycha tayyorlangan tuzli pishloqlarga ham tavsiya qilinadi. 
Sarsabil va artishokdan tayyorlangan tansiq ovqatlarga uncha shirin 
bo’lmagan muskat vinolari (masalan, moldava muskateli, dog’iston 
muskateli va sh.o’.) beriladi. 
Desert, shampan va simlyan vinolari mevalar, yong’oqlar, shokolad 
konfetlari, shokolad, pirojniy, tort, muzqaymoq va boshqa shirinliklarga 
juda ham mos keladi. Xuddi shuningdek, desert taomlarga shirin desert va 
liker vinolari (oq, pushtirang, binafsha, qora rangli muskatlar, muskateli, 
tokay, “Pino – gri”, “Qora – chanax”, “Kyurda – mir”, “Yasman saliq”, 
“Gonchi”, “Qozog’iston”, “Qirg’iziston”, “Tojikiston”, “Getashen”, 
“Buvaki”, “Salxino”, “Gratiyeshti”, “Trifeshti”, “Kokur” (desert), “Oltin 
dala” (zolotoye pole - desert), “Quyoshli vodiy” (desert), Malagu, kagor 
kabi vinolar, nimxush yoki shirin shampan yoki muskat shampan vinosi 
tavsiya qilinadi. 
Taomlarning ta’mi va hidi ma’lum bir haroratlarda namoyon 
bo’lganidek, vinolarning ham ajoyib hidi va xushta’mliligi ma’lum bir 
haroratlarda yaxshi seziladi. Shu sababdan vinolar ham o’zlarining ta’mi 
va hidi maksimum seziladigan haroratlarda suzib uzatilishi shart. Aroq va 
achchiq nastoykalar 8 – 10
o
S da uzatilish lozim. Uning uchun ular 
havoning issiq kunlari ko’rsatilgan haroratlargacha sovutilishi, sovuq 
kunlari esa isitilib berilish kerak. 
Spirtsiz oq osh vinolari va nim shirin vinolar yozning issiq kunlarida 
8 – 10
o
S gacha sovutilgan, qishda esa 12 – 14
o
S isitilgan holda 
iste’molchilar stoliga beriladi. Spirtsiz qizil osh vinolari qishda 20
0

gacha isitilib, yozda esa 18
o
S gacha sovutilib beriladi. Portveynga 


109 
o’xshagan qizil vinolar 16 – 18
o
S da suzib uzatiladi. Xeres va madera 
vinolari sovuq kunlari 20 – 23
o
S gacha isitilib berilishi lozim. 
Disert va liker vinolari (muskatlar, tokay, “Pino – gri”, “Salxino”, 
Malaga kabi vinolar uy haroratida (16 – 18
o
S) iste’molchilarga uzatilishi 
kerak. Ba’zi bir vinolar (shampan, simlyan va muskat shampan vinolari) 
hatto 6 – 8
o
S gacha sovutilib uzatilishi shart, chunki bundan baland 
haroratlarda juda tez ko’piradi va bakalga solingandan keyin tiniqlik 
darajasi pasayib ketadi. Shampan vinosi faqat gazi ketgandan keyingina 
ichiladi. 
Agar bir necha xil vinolarga buyurtma berilgan yoki mehmondo’stlik 
ziyofatida dasturxonga tortiladigan bo’lsa, ular yuqorida ko’rsatilgan 
haroratlarda quyidagi tartibda suzib iste’mol qilinishi kerak: avval kuchli 
vinolar, keyin spritsiz osh vinolari (avval oq, keyin esa qizil vino) va 
undan keyin esa desert vinolar ichiladi. 
Desert vinolardan keyin spirtsiz osh vinolari ichilmaydi, chunki 
shirin vinolardan keyin ular juda ham nordon bo’lib tuyiladi. Xuddi 
shuningdek, spirtsiz qizil osh vinosi tuzlangan baliqlar (seld, baliq eti 
tasmasi, semga va lasos kabilar), kolbasa, vetchina va boshqa dudlangan 
mahsulotlar bilan desert va liker vinolari iste’mol qilinmaydi. 
Eski va yuqori sifatli vinolar kam saqlangan oddiy (ordinar) 
vinolardan keyin ichiladi. Shuning uchun ham koleksion vinolar (o’ta 
sifatli, 6 yildan kam, butilkalarda esa 3 yildan kam saqlanmagan) markali 
vinolardan (saqlash muddati 1,5 yildan kam bo’lmagan), markali vinolar 
esa ordinar (ishlab chiqarilgandan keyin 3 oydan keyin sotishga 
chiqarilishi mumkin bo’lgan) vinolardan keyin ichiladi. 
Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, bir necha xil spirtli 
ichimliklarni (aroq, liker, konyak, uzum vinosi, pivo) birdaniga ichish 
mumkin emas. Bu tez mast bo’lib va o’zini nazorat qila olmay qolishiga 
olib keladi. Bunday holda nafaqat aqlingizni, hamkasblar, hamkorlaringiz 
va aholi o’rtasida to’plangan obro’yingizni ham yo’qotasiz. 
Agar spirtli ichimliklar sizning miyangizga ta’sir qilgan bo’lsa, 
bunday vaziyatlarda spirtsiz nordon uzum vinosini ichish va boshqa spirtli 
ichimliklarni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Xuddi shuningdek, desert 
va liker uzum vinolarini iste’mol qilishda chekmaslik kerak, chunki sigaret 
tutini vinoning nozik hidini va ta’mini sezdirmaydi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə