Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə67/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Tаyanch so‟z vа iborаlаr:


Tarbiya, tarbiya texnologiyalari, tabaqalashtirilgan yondoshuv, jamoaviylik.
Ta`lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimning kontseptual g‘oyasi – shaxs rivojlanishini maqsadga yo‘naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi zarur. Bizning nazarimizda, bunday hamkorlik pedagogikasai juda qo‘l keladi. Hamkorlik pedagogikasining mazmuni o‘quvchi-yoshlarning o‘z kuchiga ishonishini ifodalovchi munosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bo‘ladi. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan o‘quvchi-yosharning o‘z- o‘zini belgtlash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan so‘z, ular o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘llarini belgilashda, o‘z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo‘ladilar. O‘qituvchi unga faqat rahbarlik qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.

Tarbiya–tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilan va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyon darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.



Tarbiya vazifalari

    1. O‘z vatani fuqarosini tarbiyalash. Tarbiyaning bu vazifalarni amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi;

Milliy vatanparvarlik, o‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga iftixor tuyg‘usi; Millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat.

    1. SHaxsning ma`naviyatini shakllantirish. Ma`naviyat-kishining ichki dunyosi bo‘lib, uning jamiyat va tabiatdagi «Men»i, obrazi, taqdiri va rolini ifoda etadi. Ma`naviyat darajasi - bu, ma`lum ma`noda, insoniylik mezonidir. Ma`naviyatni shakllantirish bu uning shaxsiy harakatlari, intilishlari, refleksiyasi bilan kishining ichki dunyosini vujudga keltirishdir.

    2. Mehnatkash insonni iqtisodiy tafakkurini tarbiyalash mehnatga, kasbga hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik, yuqori kasbiy tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur.

    3. Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash. Bu axloqiy–hayotiy muvozanat va psixologik qulaylik holatini ushlab turish hamda jismoniy rivojlanish me`yoridan uzoqlashib ketishga yo‘l qo‘ymaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

Tarbiya tiziminnig milliy xususiyatlari


milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;

tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an`analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish;

milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish.

Tarbiya tiziminnig milliy xususiyatlari


milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;

tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an`analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish;

milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish.

Tarbiya tiziminnig milliy xususiyatlari


milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;

tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an`analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan foydalanish;

milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi tushunchasini shakllantirish.


Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə